Toshkentda 01025UZB maxsus seriyali raqam belgili Toyota Land Cruiser avtomobili haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda O‘zbekiston IIV YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.

Hodisa 6 dekabr kuni soat 13:11larda Toshkentning Yunusobod tumani Xurshid ko‘chasida sodir bo‘lgan. Toyota Land Cruiser rusumli, 01 025 UZB davlat raqam belgili transport vositasi yo‘lning qarama-qarshi bo‘lagida harakatlangani atrofdagi fuqarolardan birining boshqaruvidagi transport vositasi videoregistratoriga qayd etilgan. Videoda Toyota yo‘ltanlamasining svetoforning qizil chirog‘ida avtomobillar oqimini yo‘lning qarama-qarshi bo‘lagi bo‘ylab aylanib o‘tib, so‘ngra o‘ngga qayrilgani aks etgan. Fuqaro qoidabuzarlik videosini eJaerima saytiga yuborgan.

Saytga kelib tushgan video lavha Toshkent shahar ma’muriy amaliyot mas’ul xodimi tomonidan o‘rganilgan va qoidabuzar haydovchiga nisbatan Mamuriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 128−5 moddasi (transport vositalari haydovchilarining yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda chiqishi…) 2-qismiga ko‘ra BHM ning 10 baravari (2.23 mln so‘m) miqdorida jarima belgilangan.