7 dekabr kuni AQSH Davlat departamentining rasmiy saytida «Maykl Pompeoning Qo‘shma shtatlar diniy erkinlikni buzuvchilarga qarshi choralar ko‘rmoqda» nomli bayonoti e’lon qilindi. Ma’lum qilinishicha, unda bir qancha mamlakatlarda diniy erkinlik hamon o‘zgarishsiz qolayotgani qoralangan.

O‘z navbatida, M.Pompeo diniy erkinlik borasida amalga oshirilgan ijobiy o‘zgarishlar haqida gapirar ekan, O‘zbekistonning maxsus kuzatuvdagi mamlakatlar ro‘yxatidan chiqarilganini ma’lum qilgan va bu qisqa muddat ichida O‘zbekiston rahbariyati tomonidan ko‘rilgan tezkor va maqsadli chora-tadbirlarning natijasi ekanani qayd etgan.

Shuningdek, Davlat kotibi maxsus ro‘yxatdan chiqishda O‘zbekiston tajribasi boshqa davlatlarga namuna bo‘lib xizmat qilishini ham ta’kidlagan.