Roppa-rosa bir yil muqaddam — 3 dekabr, Xalqaro nogironlar kunida nega nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun bizning mamlakatimizda munosib ish topish qiyin degan savolni o‘rtaga tashlagan edik. BMTning o‘tgan yilgi O‘zbekistondagi tadqiqotlari natijalari nogironlarning ish topish imkoni qariyb to‘rt baravar kam ekanligini ko‘rsatdi.

16−59 va 16−54 yoshdagi nogiron erkaklarning faqat 7,1% mos ravishda 2019 yilda ish bilan ta’minlangan edi. Shu bilan birga, qishloq joylarida nogironlarning atigi 5,8 foizi ish bilan ta’minlangan. Nogironligi bo‘lgan ayollarning ahvoli erkaklarnikiga qaraganda ancha yomonroq: 8,9% erkaklar ish bilan ta’minlangan bir vaqtda atigi 4,4% ayollar ishga joylashtirilgan.

Nogironlarni ish bilan ta’minlashning asosiy to‘siqlaridan biri — Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) tomonidan berilgan nogironlik to‘g‘risidagi guvohnomadagi «mehnatga yaroqsiz», «nogiron» yoki «maxsus yaratilgan sharoitlarda mehnatga yaroqli» deb yozilgan камситuвчи xulosalaridir. Bunday yozuvlar BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasining 27-moddasiga ziddir, unda davlatlar nogironlarning boshqalar bilan teng ravishda ishlash huquqlarini tan olishga majburliklari ko‘rsatilgan.

Nogironlik = mehnatga layoqatsizlik (mi)?

O‘zbekistonda 630 mingdan ziyod nogironlar rasmiy ravishda ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ma’lumotlarigako‘ra, ularning 25 foizdan ko‘prog‘i yoki 162,2 ming kishi «muayyan turdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishga layoqatli» deb topilgan.

Davlat soliq qo‘mitasining jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha soliq to‘lovchining identifikatsion raqamini (STIR) taqqoslash yo‘li bilan olingan ma’lumotlari shuni ko‘rsatdiki, 162,2 ming «mehnatga layoqatli deb tan olinganligi» nogironlardan 21,1 ming kishi rasmiy ravishda ish bilan ta’minlangan — bu ro‘yxatga olingan mehnatga layoqatli yoshdagi barcha nogironlarning atigi 6 foizini tashkil etadi.

Vazirlik tomonidan e’lon qilingan statistika TMEKning uzoq muddatli va byurokratik jarayonidan o‘tib, nogironlik guruhini olgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’muriy ma’lumotlariga asoslanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo aholisining 15 foizdan ortig‘ida turli hil nogironlik holatlari bo‘lib va ularning 80 foizi rivojlanayotgan mamlakatlarda yashayotganligini hisobga olsak, O‘zbekistondagi mavjud nogironlik statistikasi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, chunki aksariyat bolalar va kattalar hali nogironlikni rasmiylashtirmagan va o‘z vaqtida TMEK nazoratidan turmagan.

«Vazirlik tomonidan e’lon qilingan 162,2 ming kishiga qaraganda mehnatga layoqatli nogironlar ancha ko‘p. Кўпgiна nogironlar, agar ular uchun qulay mehnat sharoitlari yaratilsa, ish bilan ta’minlanishi mumkin. Nogironlarni ish bilan ta’minlash va ularning tizimli monitoringini olib borish, shuningdek ularning mehnat huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash uchun ularni alohida nazoratga olish zarur», — deydi O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi raisi Oybek Isoqov.

Nogironlar qobiliyatiga nisbatan tibbiy-mehnat ekspert komissiyasiyalarining va umuman jamiyatning noto‘g‘ri shakllangan qarashi ularni «mehnatga layoqatsiz» va «yaroqsiz» qiladi. Boshqacha qilib aytganda, muammo ularning tana funksiyalari cheklanishida emas, balki munosabat va infratuzilmaviy to‘siqlarda — ish beruvchilar tomonidan ochiq kamsitishlari va ular uchun ish o‘rinlarining mavjud emasligida.

Ish o‘rinlarining samarasiz kvotalanishi

«Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonunning 25-moddasi kamida 20 kishi ishlaydigan davlat muassasalari va xususiy korxonalarni nogironlar uchun ish joylarining kamida 3 foizini zaxiralashga majbur qiladi. Bunday kvota 2021 yil 15 yanvardan keyin kuchga kiradigan «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi yangi qonunning 43-moddasida ham nazarda tutilgan.

Biroq, nogironlar uchun mavjud bo‘lgan 3 foizli ish o‘rinlari kvotasi ancha vaqt oldin kvota bajarilishini nazorat qilishning aniq mexanizmi mavjud emasligi sabab o‘z samarasizligini ko‘rsatib bo‘lgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida 2018 yil mart oyida tashkil topgan Nogironlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi kvotaga rioya qilmaganlik uchun jarimalarni nazorat qilishi va undirishi kerak edi, ammo bu ish qanday amalga oshirilayotgani hanuzgacha aniq emas.

Nogironlarni ish bilan ta’minlash uchun 3 foizli kvota asosida yaratilgan bo‘sh ish o‘rinlarining alohida elektron reyestri mavjud emas, bu esa bajarilmasligi uchun ma’muriy javobgarlik ko‘zda tutilgan ushbu majburiy kvotaning bajarilishini nazorat qilishni murakkablashtiradi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining vakansiyalar bo‘yicha milliy ma’lumotlari bazasida «Kvota bo‘yicha ish joylari» deb nomlangan bo‘lim ishlab chiqish jarayonida.

Ish beruvchilar imtiyozlar va preferensiyalar haqida bilishmaydi

Inklyuziv ish bilan ta’minlashni rag‘batlantirish uchun bir qator imtiyozlar va preferensiyalar mavjud bo‘lsada, ko‘plab ish beruvchilar ular haqida yaxshi bilishmaydi.

Masalan, Soliq kodeksining 337-moddasida ish bilan band bo‘lgan nogironlarning har bir foizi uchun yuridik shaxslar uchun soliq stavkasini kvota normasidan 3 foizdan ortiq 1 foizga pasaytirish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, 2018 yil 1 avgustdan boshlab mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlaydigan xodimlarning kamida 30% nogironlar, qaramog‘ida 16 yoshga yetmagan shaxslar yoki nogironligi mavjud bolalar bo‘lgan yolg‘iz shaxslar, shuningdek, aholining boshqa zaif guruhlari bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari uchun alohida imtiyozlar mavjud.

BMT Taraqqiyot dasturining ish beruvchilar bilan suhbatlariga asoslangan tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, suhbat o‘tkazilgan barcha ish beruvchilarning 10 foizdan kamrog‘i bunday imkoniyatlardan xabardor bo‘lgan. Nogironlarni ishga qabul qilishda beriladigan imtiyozlar va preferensiyalar to‘g‘risida yetarlicha ma’lumotga ega emasligimiz 2018 yil 11 iyundagi 3782-son Prezident farmoniga muvofiq Savdo-sanoat palatasi va boshqa manfaatdor NNT, shuningdek, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining yetarli darajada tushuntirish ishlarini olib bormagani sababli bo‘lishi mumkin.

Ish joyini moslashtirish uchun kim to‘laydi?

Ochiq mehnat bozorida nogironlar uchun ish joylarini moslash, ayniqsa, kichik va o‘rta biznes uchun qo‘shimcha xarajatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Oqilona qulayliklar yaratish va ish joyini ularning ehtiyojlari/talablariga moslashtirish ish beruvchi tomonidan to‘lanadi, bu esa ularning ishga joylashishiga yana bir to‘siq bo‘lishi mumkin.

Shu munosabat bilan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ish beruvchilarga jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulay jismoniy muhit yaratish uchun subsidiyalar ajratishni, shuningdek, 12 oy ichida 3 foizli kvotadan ortiq qabul qilingan nogironlarning ish haqiga subsidiyalar ajratishni ko‘rib chiqishga tayyorligini e’lon qildi.

Ta’limning va kasbiy tayyorgarlikning past darajasi

Nogironlar ishga joylashish bilan bog‘liq muammolardan tashqari, ta’lim olish va kasbiy tayyorgarlikda ham to‘siqlarga duch kelishmoqda. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, faqat mehnatga layoqatli deb tan olingan nogironlarning 9200 nafari oliy ma’lumotga ega va ularning 25275 nafari maxsus o‘rta ma’lumotga ega. Qolganlari umuman ma’lumotga ega emas yoki faqat o‘rta ma’lumotli.

Joriy yilning iyul oyida vazirlik nogironlarni o‘qitish uchun vazirlik tizimiga o‘tgan 30 ta kasb-hunar ta’limi muassasalarini kapital ta’mirlash va qayta jihozlash istagini bildirdi. 2021−2025 yillarda ushbu o‘quv markazlarida nogironligi bo‘lgan 1000 kishini kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashni rejalashtirmoqda.

Pandemiyaning norasmiy sektorga bergan zarbasi

Yaqinda e’lon qilingan maslahat varag‘ida Xalqaro Mehnat Tashkiloti ko‘pgina nogironlar pandemiyadan oldin ham mehnat bozorida sezilarli chetlatish va kamsitishlarga duch kelganligini ta’kidladi. Mamlakatdagi umumiy ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning yomonlashishi ularni yanada katta qiyinchiliklarga ro‘baro‘ qilishi mumkin. Kuchli karantin choralari ham ularga qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirdi.

Rasmiy sektorning mavjud to‘siqlari nogironlarni soyali bandlikka o‘tishga majbur qilmoqda. Bundan tashqari, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar ijtimoiy nafaqa olishi sababli, odatda, ishga joylashganda nogironlik nafaqalarini yo‘qotishdan qo‘rqishadi. Natijada, ko‘plab nogironlar «mehnatga layoqatsiz» yorlig‘ini qabul qilishadi va norasmiy sektorda ishlashni afzal ko‘rishadi, masalan, norasmiy ravishda poytaxtdagi avtoturargohlarda mashinalarni joylashtiruvchilar sifatida ishlaydigan eshitish qobiliyati cheklanganlar kabi.

Xalqaro mehnat tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, COVID-19 pandemiyasi sharoitida nogironlarning norasmiy sektorda ish bilan ta’minlanishi virusni yuqtirish xavfini sezilarli darajada oshiradi va ularni sog‘lig‘i va moliyaviy ahvolini nisbatan zaifroq qiladi.

Nima uchun va’da qilingan davlat buyurtmalari ishlamayapti?

Prezidentning 2019 yil 23 avgustdagi PQ-4423-sonli qarorida nogironlarni ish bilan ta’minlaydigan nogironlar jamoat birlashmalari korxonalarini rag‘batlantirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan.

Bunday choralar qatoriga «davlat buyurtmachilariga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizi nogironligi bo‘lgan shaxslardan iborat va nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatiga haq to‘lash fondi umumiy mehnatga haq to‘lash fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslarning tovarlari (ishlari, xizmatlari)ni xarid qilish uchun kvotalar taqdim etadi».

Nogironlar jamoat birlashmalari tomonidan 2019 yil 27 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan kvotalar ro‘yxati.

Nogironlar birlashmalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikni amalga oshirish pandemiya paytida ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yaxshi chorasi bo‘lib, ularning ish bilan ta’minlanishiga yordam beradigan samarali mexanizm bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Biroq, bunday korxonalar o‘z mahsulotlarini sotishda qiyinchiliklarga duch kelishdi.

Respublika nogironlar jamiyati qoshidagi «Abdujabbor Servis turlari» sho‘’ba korxonasi I guruh nogironi Jabborqul Eshnazarov tomonidan davlat tomonidan ajratilgan imtiyozli kredit evaziga tashkil etildi. Besh nogiron ishchining mehnatidan foydalangan holda, ushbu korxona idish-tovoq yuvadigan suyuqliklar, oyna tozalalovchi vositalar, suyuq sovun, yuvinish geli, shampunlar, kir yuvish kukuni va boshqa gigiyena vositalari ishlab chiqaradi.


I guruh nogironi Jabborqul Eshnazarov pandemiya paytida o‘zining «Abdujabbor Servis turlari» korxonasi mahsulotlarini sotolmadi.

«Muammo shundaki, Moliya vazirligi nogironlarning jamoat birlashmalari uchun kvotalar belgilab berdi, biroq noma’lum sabablarga ko‘ra davlat tashkilotlari bizning korxonalarimiz bilan shartnoma tuzmayapti. Nogironlar jamiyatining sho‘’ba korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar pandemiya paytida juda zarur — bu yuvish vositalari. Ammo negadir bizning davlatimiz Xitoyda ishlab chiqarilgan shu kabi tovarlarni sotib olishni afzal ko‘radi», — deydi Oybek Isoqov.

Ixtisoslashgan korxonalarning inqirozi

Shu yilning oktyabr oyida ijtimoiy tarmoqlarda mashhur «Sirojiddin Media» YouTube kanalida «Nima uchun ko‘zi ojizlar rahbarlardan norozi» nomli видеорепорtaжҳавола qilindi. Videoda Toshkentdagi Ko‘zi ojizlar jamiyati qoshidagi «yotka» o‘quv-ishlab chiqarish korxonasidagi ko‘zi ojiz ishchilar juda past ish haqi va ishsizlikdan shikoyat qilmoqdalar.

Ma’lum bo‘lishicha, paxta sanoati uchun cho‘tkalar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan ustaxonadagi og‘ir qo‘l mehnati uchun ular 435000 so‘m maosh oladilar. Videoda ishchilardan birining ta’kidlashicha, hatto shu arzimagan ish haqini ham ular shu yilning mart oyidan beri olmayaptilar.

Korxonaning ko‘zi ojiz xodimlari ilgari korxona direktori 5 milliard so‘mlik imtiyozli kredit jalb qilganiga qaramay, ularning cho‘tka ishlab chiqaruvchi zavodi nihoyatda achinarli ahvolda ekanligini aytmoqda. Bundan tashqari, bu yil Ko‘zi ojizlar jamiyati korxonasi gazlangan ichimliklar ishlab chiqarish uchun yana 14 milliard so‘m miqdorida kredit oldi.

Korxona xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu kreditlarning barchasi dastlab O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati a’zolari uchun ish o‘rinlari yaratish maqsadida jalb qilingan. Shunga qaramay, videoreportajdan ko‘rinib turibdiki, olingan kreditlar ko‘rish qobiliyati cheklangan insonlar manfaati uchun ishlatilmayapti.

Ko‘rishda nogironligi bo‘lgan ishsizlar bir necha bor prokuratura, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga yozma shikoyat bilan murojaat qilishgan. Bunga javoban yuqorida tilga olingan tashkilotlar ularga nogironlik nafaqasi borligi va ular mehnatga layoqatsiz eknaliklarini ta’kidlashmoqda. Ammo bolalikdan nogironlik nafaqasi bilan oyiga 513 350 so‘m miqdorida qanday kun ko‘rish mumkin?

«Ularda axir nafaqa borku, ularga ishlashning nima keragi bor?»

Ma’lum bo‘lishicha, nogironligi bo‘lmagan Rossiyalik sarmoyador Xayrullo Qayumjonov 5 milliard so‘mlik imtiyozli kreditni O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati balansiga jalb qildi va 2019 yil may oyidan boshlab Turk-Xitoy texnologiyalari asosida ayollar ustki kiyimlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.

«O‘zbekiston 24» telekanali jurnalist Gulchexra Mirzayevaning ushbu yangi ishlab chiqarish korxonasi to‘g‘risidagi видеорепорtaжиniнамoyish etdi, to‘quv sexida 90 kishi ish bilan ta’minlanganligi, shulardan 70 nafari nogironlar ekanligi haqida xabar berdi.

Qizig‘i shundaki, yangi to‘qish sexida nogironligi bo‘lmagan ishchilar 2 million so‘mga yaqin maosh oladilar. Xodimlardan birining so‘zlariga ko‘ra, sexda jami 35 nafar ishchi ishlaydi. Videoblogerning cho‘tka sexidagi ko‘zi ojiz ishchilar juda kam ish haqi olishlari haqidagi fikriga u qisqa javob berdi:

«Axir, ular davlatdan nafaqa (tahrir — nogironligi uchun) oladi va bu ularning xarajatlarini qoplaydi. Bu ular uchun qo‘shimcha ish. Ular aslida nogironlar va agar bilsangiz nazoratda turadilar. Ular baribir sog‘lom odamlar kabi ishlay olmaydilar va to‘liq maosh ololmaydilar».

Yangi to‘quv sexining bir necha ko‘zi ojiz ishchilari ayollar kiyimlarini qadoqlash bo‘limida ishlaydi va 840 ming so‘m maosh oladi. 14 milliard so‘mlik yangi kredit, haqiqatda, Ko‘zi ojizlar jamiyati tomonidan gazlangan ichimliklar ishlab chiqarish uchun olingan. O‘sha rossiyalik sarmoyador ushbu korxonada 115 ta yangi ish o‘rni yaratilishini va’da qildi, shundan 80% nogironlar uchun.

Inklyuziv mehnatni qanday qo‘llab-quvvatlash kerak?

Bunday inqirozli vaziyatda davlatimiz fuqarolik jamiyati vakillari bilan ijtimoiy sherikchilikda qanday choralar ko‘rishi mumkin? Nogironlar pandemiyaning ijtimoiy-iqtisodiy zarbasi ta’siriga eng ko‘p uchraydigan bir paytda, ularni inklyuziv ish bilan ta’minlash va zarur moliyaviy yordam ko‘rsatishda tezkor choralar ko‘rish zarur.

Birinchi navbatda, nogironlarni ish bilan ta’minlash sohasidagi milliy qonunchilikni bajarilishini ish joylarining minimal sonini zaxiralashni monitoring qilish, nogironlar jamoat birlashmalari bilan birgalikda inklyuziv ish bilan ta’minlashning imtiyozlari va afzalliklari to‘g‘risida keng axborot kampaniyasini o‘tkazish orqali ta’minlash zarur.

Ikkinchidan, mavjud ijtimoiy nogironlik nafaqalarini minimal turmush darajasiga tenglashtirish uchun oshirish kerak.

TMEK tomonidan nogironlik to‘g‘risidagi guvohnomada kamsituvchi yozuv nogironlarning ishlash qobiliyatini hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqilishi kerak.

Ko‘p hollarda nogironlar «temir daftar»ga va aholining ijtimoiy zaif guruhlarining boshqa ro‘yxatlariga kiritilmaydi, chunki ular nogironlik bo‘yicha nafaqa oladi va mahalla qo‘mitalari vakillari va boshqa mansabdor shaxslar nazdida «mehnatga layoqatsiz» hisoblanadilar.

Aslida esa nogironlar norasmiy sektorda o‘z-o‘zini ish bilan ta’minlashi mumkin va ularning mehnati ko‘pincha davlat tomonidan himoya qilinmaydi. Shu sababli, pandemiya va ikki karantin davrida daromadlari kamaygan o‘z-o‘zini band qilgan nogironlarga moddiy tovon puli berish zarur. Shuningdek, bandlikka ko‘maklashish dasturlari nogironligi bo‘lgan qizlar va ayollarni qamrab gender jihatlarini ham inobatga olish kerak.

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazarini ifodalamasligi mumkin.

Dilmurod Yusupov — Sasseks universiteti (Buyuk Britaniya), Taraqqiyot tadqiqotlari instituti doktoranti