«Yel xizmetinde» gazetasi ma’lum qilishicha, Orol dengizining qurigan maydonida noqonuniy ovchilar yurganligidan xabar topgan Mo‘ynoq ekologiya inspeksiyasi boshlig‘i T.Tileumuratov, inspektorlar Sh. Torejanov, A.Mambetnazarovlar avtomashinada yo‘lga chiqqan. Yo‘lda transportning balloniga shikast yetib, yo‘ldan chiqib ketadi va avtohalokatga uchraydi. Hodisa joyida inspektor Sh. Torejanov og‘ir jarohatlar tufayli vafot etgan.

Xabarga ko‘ra, kimsasiz o‘lkada ularga tez yordam kela olmagan va mobil aloqa bo‘lmaganligi sababli xabar berishning ham iloji bo‘lmagan. T.Tileumuratov yordamga chaqirish uchun 45 km piyoda borib, Mo‘ynoqqa qo‘ng‘iroq qiladi.

Hozirda voqea bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.