Prezident Shavkat Mirziyoyevning nazorati ostida 8 dekabr kuni «Mehr-3» operatsiyasi amalga oshirildi. Suriyaning jangovar harakatlari olib borilayotgan hududlaridan 98 nafar o‘zbekistonliklar, ya’ni 25 nafar ayollar va 73 nafar bolalar Vatanga qaytarildi. Bu haqda Uzreport xabar berdi.

Ular endilikda sog‘lomlashtirish muassasalariga joylashtirilib, issiq ovqat va kiyim kechak bilan ta’minlanadi. Mutaxassislar tomonidan tibbiy va psixologik yordamlar ko‘rsatiladi.

Shuningdek, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha ham tegishli ishlar amalga oshiriladi.

Kelgusida ularning tinch hayotga qaytib, jamiyatga to‘laqonli ijtimoiy moslashuvi uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi.

Foto