Toshkentda O‘zbekiston yoga federatsiyasi bosh ofisi ochilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. Poytaxt ma’muriyai matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, ochilish marosiida Adliya, Tashqi ishlar, Sog‘liqni saqlash, Jismoniy tarbiya va sport vazirliklari, shuningdek Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasi va Toshkentdagi Hindiston madaniyat markazi vakillari ishtirok etdilar.


Toshkent shahar hokimi, O‘zbekiston yoga federatsiyasi raisi Jahongir Ortiqxo‘jayev yogani aholi orasida keng targ‘ib qilish bo‘yicha qilinayotgan ishlarga to‘xtaldi va «2020−2024 yillarda Yoga federatsiyasini rivojlantirish dasturi» tasdiqlangani hamda uning ijrosi yuzasidan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilganligini aytib o‘tdi.