Jamiyat

O‘qituvchi va tibbiyot xodimlari grippga qarshi emlanadi
6 oktabr 2020, 23:38

O‘qituvchi va tibbiyot xodimlari grippga qarshi emlanadi

«Dori-darmon» Rossiyaning grippga qarshi vaksina ishlab chiqaruvchilari bilan o‘qituvchi va tibbiyot xodimlari uchun 1 million dozadan ortiq grippga qarshi vaksinani harid qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Hozirda 250 ming doza vaksina hududlarga yetkazib berildi.

Har bir aholi punkti tezkor internetga ulanish imkoniyatiga ega bo‘ladi
6 oktabr 2020, 21:57

Har bir aholi punkti tezkor internetga ulanish imkoniyatiga ega bo‘ladi

2022 yil yakuniga qadar har bir aholi punkti 10 Mbit/s dan kam bo‘lmagan ma’lumotlarni uzatish tezligidagi Internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati bilan ta’minlanadi.

Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar ro‘yxati qayta ko‘rib chiqilmoqda
6 oktabr 2020, 21:09

Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar ro‘yxati qayta ko‘rib chiqilmoqda

Davlat test markazi harbiy tavsiyanomalarga ega abituriyentlar ro‘yxati qaytadan ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi. Avvalroq test natijalaridan norozi bo‘lgan yoshlar markaz binosi oldiga yig‘ilgan edi.

Majburiy to‘lovlarni onlayn rejimda to‘lash imkoniyati yaratiladi
6 oktabr 2020, 20:12

Majburiy to‘lovlarni onlayn rejimda to‘lash imkoniyati yaratiladi

2021 yil 1 avgustdan davlat bojlari, yig‘imlar, jarimalar va boshqa majburiy to‘lovlarni onlayn rejimda to‘lash imkoniyati yaratiladi.

Shofirkon tumani hokimi xalqdan uzr so‘radi
6 oktabr 2020, 18:42

Shofirkon tumani hokimi xalqdan uzr so‘radi

Hokim Shukrulla Hakimov Shofirkon tumani ko‘rsatkichlari «qoniqarsiz» deb baholangani sababli xalqdan uzr so‘radi va yil oxirigacha vaziyatni to‘g‘irlab, kelasi yil tumanni «yaxshi» deb baholanuvchi darajaga olib chiqishga va’da berdi. Daryo nashri uning nutqi vaqtida ayrim tinglovchilarning mudrayotganiga e’tibor qaratdi.

Parkent tumani hokimining Captiva sotib olish to‘g‘risidagi qarori bekor qilindi
6 oktabr 2020, 15:28

Parkent tumani hokimining Captiva sotib olish to‘g‘risidagi qarori bekor qilindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Parkent tumani hokimligi Captiva avtomashinasini hokimning o‘g‘li muassislar ro‘yxatida bo‘lgan kompaniyadan sotib olib, davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun talablarini buzganini ma’lum qildi. Avtomobil sotib olish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi. Toshkent viloyati prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.

O‘zbekiston Qirg‘izistondan kirishni chekladi (aniqlik kiritildi)
6 oktabr 2020, 14:57

O‘zbekiston Qirg‘izistondan kirishni chekladi (aniqlik kiritildi)

6 oktayabrdan boshlab Bishkekdagi tartibsizliklar manzarasida O‘zbekiston Qirg‘izistondan kirishga cheklovlar qo‘ydi, deb xabar qilmoqda Qirg‘iziston ommaviy axborot vositalari. Yuk tashish cheklovlarsiz amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston tomoni esa cheklovlar yo‘qligini e’lon qildi.

Qirg‘izistondagi zilzila O‘zbekistonning uchta hududida sezildi
6 oktabr 2020, 13:57

Qirg‘izistondagi zilzila O‘zbekistonning uchta hududida sezildi

6 oktyabr kuni Qirg‘izistonda 4,5 magnitudalik zilzila sodir bo‘lib, uning ta’siri Namangan, Andijon va Farg‘ona hududlarida ham sezildi.

«Sardoba ishi» bo‘yicha 17 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
6 oktabr 2020, 13:46

«Sardoba ishi» bo‘yicha 17 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

«Sardoba ishi» bo‘yicha bugungi kunda 17 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayblanuvchilarning 7 nafariga qamoqqa olish, 6 nafariga garov, 4 nafariga munosib xulq-atvorda bo‘lish haqida tilxat ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Qashqadaryoda YTH oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
6 oktabr 2020, 13:05

Qashqadaryoda YTH oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

Qashqadaryo viloyatida Nexia avtomashinasining yo‘ldan chiqib ketib, ag‘darilishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi.

DTM binosi oldida natijalardan norozi bo‘lgan abituriyentlar to‘planishdi
6 oktabr 2020, 11:48

DTM binosi oldida natijalardan norozi bo‘lgan abituriyentlar to‘planishdi

Kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan abituriyentlar Davlat test markazi binosi oldida to‘planishdi. Natijalar hisoblanganda, ularning harbiy xizmat imtiyozlari hisobga olinmagan.

Hafta davomida haroratning pasayishi kutilmoqda
5 oktabr 2020, 16:43

Hafta davomida haroratning pasayishi kutilmoqda

Yaqin kunlarda respublikaga Uraldan sovuq havo oqimi kirishi kutilmoqda. Kunduzi havo harorati 15−20 darajagacha pasayadi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Namanganda bank xodimlari majburiy paxta terimiga jalb qilingani o‘rganilmoqda (yangilandi)
5 oktabr 2020, 14:50

Namanganda bank xodimlari majburiy paxta terimiga jalb qilingani o‘rganilmoqda (yangilandi)

Mehnat vazirligi Namanganda bank xodimlarining majburiy mehnatga jalb qilingani haqidagi xabarlarni o‘rganmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda bank muassasalarining 1400 dan ziyod xodimlari paxta terimiga majburiy jalb qilingani haqida xabar berilgan edi.

Sog‘liqni saqlash boshqarmalari boshliqlari hokimlar bilan kelishilgan holda tayinlanadi
5 oktabr 2020, 14:04

Sog‘liqni saqlash boshqarmalari boshliqlari hokimlar bilan kelishilgan holda tayinlanadi

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori lavozimi tugatilib, sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari — Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimi joriy etildi. Sog‘liqni saqlash boshqarmalari rahbari hokimlar bilan kelishilgan holda lavozimlariga tayinlanadi.

6,5 mlrd so‘mga qurilgan ko‘prikni ta’mirlash uchun 9,6 mlrd so‘m ajratiladi
5 oktabr 2020, 13:56

6,5 mlrd so‘mga qurilgan ko‘prikni ta’mirlash uchun 9,6 mlrd so‘m ajratiladi

Surxondaryo viloyatida 6,5 mlrd so‘mga qurilgan va bir yarim yildan so‘ng qulab tushgan ko‘prik 9,6 mlrd so‘mga ta’mirlanadi. Ko‘prikning qulashiga tabiiy ofat sababchi qilib ko‘rsatildi.

Eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlar «byudjet»ga o‘tkazildi
5 oktabr 2020, 12:23

Eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlar «byudjet»ga o‘tkazildi

OTMlarga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlar «byudjet»ga o‘tkazildi. Respublika va xalqaro tanlovlar g‘oliblari uchun qo‘shimcha grant o‘rinlari ajratilmoqda.

Samarqandda YTH da 3 kishi vafot etdi, yana 2 kishi jarohatlandi
5 oktabr 2020, 11:10

Samarqandda YTH da 3 kishi vafot etdi, yana 2 kishi jarohatlandi

Samarqand viloyatida Tacuma avtomobili haydovchisi yo‘l o‘rtasidagi beton to‘siqqa borib urilishi oqibatida 3 nafar shaxs vafot etdi yana 2 nafari shifoxonaga yotqizildi.

«Qadr-qimmat va huquqlar» dasturining yakunlari muhokama qilindi
5 oktabr 2020, 10:50

«Qadr-qimmat va huquqlar» dasturining yakunlari muhokama qilindi

USAID, XMT va Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz tomonidan amalga oshirilgan «Qadr-qimmat va huquqlar» dasturi doirasida 1700 dan ortiq odam savdosi jabrdiydalari O‘zbekistonga qaytib kelib, reintegratsiya yordamini olishdi. Bundan tashqari, 95 mingdan ortiq fuqaroga odam savdosi xatarlari bo‘yicha maslahatlar berildi.

Toshkentda yangi tartib bo‘yicha issiqlik ta’minoti tariflari belgilandi
5 oktabr 2020, 09:29

Toshkentda yangi tartib bo‘yicha issiqlik ta’minoti tariflari belgilandi

Navbatdagi isitish mavsumidan boshlab issiqlik ta’minoti to‘lovining yangi tartiblari kuchga kiradi. Toshkentdagi tarif isitish davrida 1 kv. m isitilayotgan maydon uchun 142 so‘mni tashkil etadi.

«Davlatning yordamisiz kino o‘ladi» — Zulfiqor Musoqov
5 oktabr 2020, 09:20

«Davlatning yordamisiz kino o‘ladi» — Zulfiqor Musoqov

Kinorejissyor va xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Zulfiqor Musoqov «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida «O‘zbekkino» rahbariyati bilan yaqinda yuzaga kelgan mojaro, kino sohasidagi muammolar, kinematograflar uchun to‘siqlar, kinematografiyani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati, o‘zining yangi loyihasi va sevimli filmlari haqida gapirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting