6 oktabr kuni respublikaga Ural hududidan quruq, ammo sovuq oqim kirishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ayrim joylarda shamolning tezligi oshadi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Tunda havo harorati 7−12 daraja atrofida bo‘ladi, kunduzi esa sovuq kirishi sababli harorat 15−20 darajagacha pasayadi, bu ko‘rsatkich kun me’yoridan 4−6 darajaga pastdir. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

7−8 oktyabrda kunduzgi havo harorati 17−22 darajani, 9−10 oktyabrda 15−20 darajani tashkil qiladi.

Chorshanba kunidan boshlab, ya’ni 7−10 oktyabr davomida O‘zbekiston hududi atmosferadagi shimoliy havo oqimlari ta’sirida bo‘ladi. Tungi harorat 3−8 darajagacha, shimolda 0−5 darajagacha pasayadi. Bunday past tungi haroratlar haftaning oxirigacha saqlanib turadi.