Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan Toshkent viloyati Parkent tumani hokimligi tomonidan Captiva rusumli avtomashinani sotib olishda qonun buzilishi holatlari aniqlandi, deya xabar berdi Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi matbuot xizmati.

14 sentyabr kuni davlat xaridlari saytida Parkent tumani hokimligi zaxira fondi mablag‘laridan foydalangan holda 2018 yilgi Captiva-2 (2018 yil 10 sentyabrdan boshlab ushbu modelni ishlab chiqarish O‘zbekistonda to‘xtatilgan) 260 mln so‘mga sotib olingani to‘g‘risida ma’lumot paydo bo‘ldi. Avtomobil MEGA KARER shag‘al va qum karerlarini ishlab chiqarish kompaniyasidan sotib olingan. MCHJ ta’sischilari qatorida tuman hokimi Nigmat Isroilovich Muxamedovning o‘g‘li Sardor Nigmatovich Isroilov (34%) ham bor.

O‘shanda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati Parkent tumani tog‘lar va tog‘oldi hududlaridan iborat bo‘lgani uchun 2019 yilda tuman ma’muriyati Captiva rusumli avtomashina sotib olishni rejalashtirganini ma’lu qilgan edi.

«Biroq o‘sha paytda viloyat byudjetida mablag‘ yetishmasligi sababli hokimning o‘g‘li, MEGA KARER MCHJ asoschilaridan biri mashinani foydalanish uchun otasiga topshirgan», — deyiladi xabarda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vaziyatni o‘rganib chiqib, tergovga qadar tekshirish uchun Bosh prokuraturaga so‘rov yubordi. Ushbu holat bo‘yicha prokuratura Parkent tumani hokimining harakatlarini tergovga qadar tekshiruvdan o‘tkazdi.

Tekshiruv davomida «Davlat xaridlari to‘g‘risida"gi qonun talablari buzilgani, xususan, avtomobil sotib olishda manfaatlar to‘qnashuvi aniqlandi. Natijada tuman hokimining avtomobil sotib olish to‘g‘risidagi buyrug‘i bekor qilindi va MEGA KARER MCHJ 260 mln so‘mni hokimiyat hisob raqamiga qaytarib berdi.

Toshkent viloyati prokuraturasi tergovga qadar tekshirish ishlarini davom ettirmoqda.