6 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 13:12 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi va uning ta’siri Namangan, Andijon va Farg‘ona hududlarida sezildi, deya xabar berdi FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.

Unga ko‘ra, Qirg‘izistonda 4,5 magnitudalik zilzila sodir bo‘lib (koordinatalari: 39,89 gradus shimoliy kenglik; 73,08 gradus sharqiy uzunlik, chuqurlik 10 km), zizila epimarkazidan Toshkentgacha masofa janubi-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha 360 km ni tashkil qiladi.

Zilzila O‘zbekiston hududida:

  • Namangan: 171 km, 2 ball;
  • Andijon: 117 km 3 ball;
  • Farg‘ona: 123 km 3 ball.

O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmadi.

Talafotlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi, deyiladi xabarda.