2020−2021 yillar isitish mavsumidan boshlab markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun iste’molchilar bilan hisob-kitoblar yangi tartibda amalga oshiriladi.

Prezidentning 2019 yil 2 dekabrdagi qaroriga muvofiq, isitish davrining har bir kuniga 1 kv. metr isitiladigan maydon hisobida to‘lash tizimiga o‘tkaziladi.

Toshkentda isitish davrining har bir kuniga 1 kv. metr isitiladigan maydon uchun to‘lov 142 so‘mni tashkil etadi, deyiladi «Toshissiqquvvati» korxonasi xabarida.

Isitish davrining boshlanishi Toshkent shahar hokimi qarori bilan belgilanadi. Qolgan tariflar avvalgi darajada qoladi, deya qayd etadi «Toshissiqquvati».

Isitish maydoni — turar joy xonalarining umumiy maydoni. Isitish asboblari (isitiladigan yuzalar) o‘rnatilgan yoki qayta rejalashtirish natijasida issiqlik ta’minotining uy ichidagi tizimlariga ulangan, isitish asboblari bilan jihozlangan xonalarga birlashtirilgan peshayvonlar, balkonlar, ayvonlar va terrasalar maydoni isitiladigan maydon hajmini oshiradi.