Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston Paralimpiya jamoasi Dubayda (BAA) bo‘lib o‘tayotgan Fazza Athletics Championships turnirining ikkinchi kunida yana ikkita oltin medalni qo‘lga kiritdi. Endi jamoa hisobida sakkizta medal bor: to‘rtta oltin, ikkita kumush va ikkita bronza, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Izzat Turg‘unov uzunlikka sakrash bahslarining T36 klassida 5.56 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, keyinchalik yadro uloqtirishning F54 klassida finalda ishtirok etgan Nurxon Qurbonova 7.12 metr natija bilan oltin medal oldi.

Ikkala sportchi ham yaqinda Tokioda bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlari uchun reyting ochkolarini olishdi, musobaqa 24 avgust — 5 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.