Prezident Shavkat Mirziyoyevning qaroriga ko‘ra, 2022 yil 1 yanvardan boshlab uyali aloqa xizmatlariga solinadigan aksiz solig‘i stavkasi 10% etib belgilanadi.
2021 yilda bu ko‘rsatkich 20 foizdan 15 foizga tushirilgan edi.
2023 yil 1 yanvardan boshlab esa mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz solig‘i bekor qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «USM Telecom» va MegaFon o‘zbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda yangi qo‘shma korxona — Digital Holding’ni tashkil etishi, shuningdek, korxonaga bir qator imtiyozlar berilishi ko‘zda tutilayotgani haqida xabar bergan edik.