12 fevral, juma kuni O‘zbekiston bo‘ylab quruq va juda iliq havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Xorazm viloyatida biroz yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Harorat iqlimiy me’yordan 8−10 darajaga yuqori bo‘ladi va 15−20 daraja, janubda 20−25 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Ertaga, 13 fevral kuni tog‘li hududlarning ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Mamlakatning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

14 fevral, yakshanba kuni, O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik ehtimoli kam. Dam olish kunlari harorat ko‘tarilishi davom etadi, kechalari 3−8 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda, kunduz kunlari esa havo 17−20 daraja, janubda 23−25 daraja iliq bo‘ladi.

Dam olish kunlari o‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati me’yordan 10−12 darajaga yuqori bo‘ladi.