Akbar Rizayev Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori etib tayinlandi. U ushbu lavozimda o‘z faoliyatini 11 fevraldan boshladi, deya xabar bermoqda fond matbuot xizmati.

Bunga qadar, Rizayev O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Axborot-tahliliy ta’minoti bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Akbar Rizayev mazkur lavozimda 2020 yilning iyul oyidan buyon direktor sifatida ishlab kelayotgan Aleksandra Kolesnichenkoning o‘rnini egalladi.

O‘z vaqtida Kolesnichenko huquqshunos, bloger, O‘zA direktori o‘rinbosari Xushnudbek Xudoyberdiyevning o‘rniga direktor bo‘lgan edi.