AQSHdagi xususiy Global Firepower tashkiloti tomonidan an’anaviy ravishda har yili e’lon qilinadigan dunyoning eng kuchli armiyalari ro‘yxatini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston 139 ta davlat orasidan 51-o‘rinni egalladi (0.8421 ball, eng mukammal ko‘rsatkich — 0.0000).

Global Firepower Index reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston armiyasining 420 tanki, 1215 ta zirhli transport vositasi mavjud. O‘zbekiston havo hujumidan mudofaa tizimida jami 194 ta parvoz texnikasi mavjud bo‘lsa, ularning 66 tasi hujumchi, 18 tasi transport, 7 ta mashg‘ulot samolyoti bo‘lsa, 89 ta vertolyoti (33 tasi hujumkor) bor.

Reytingda O‘zbekiston aholisining soni 30 million 565 ming kishi deb keltirilgan (1 yanvardagi aholi soni rasmiy ma’lumotlarda 34,5 mln kishi ko‘rsatilgan). Shundan 15,894 mln kishi mehnatga, 13,350 mln kishi harbiy xizmatga layoqatli deb ko‘rsatilgan. O‘zbekiston armiyasining muntazam harbiylari soni esa 70 ming nafarni kishini tashkil etishi aytilgan.

Global Firepower O‘zbekistonning yillik mudofaa byudjeti 15 mlrd dollarga tengligini va bu ko‘rsatkich bo‘yicha 139 davlat orasida 18-o‘rinda ekanini qayd etilgan. Mamlakatning tashqi qarzi 16 mlrd dollarni tashkil etadi.

Boshqa ayrim davlatlar

1. AQSH (0.0718)

2. Rossiya (0.0791)

3. Xitoy (0.0854)

4. Hindiston (0.0854)

5. Yaponiya (0.1599)

6. Janubiy Koreya (0.1612)

7. Fransiya (0.1681)

8. Buyuk Britaniya (0.1997)

9. Braziliya (0.2026)

10. Pokiston (0.2073)

11. Turkiya (0.2109)

25. Ukraina (0.4396)

50. Belarus 0.8371

51. O‘zbekiston 0.8421

52. Portugaliya (0.8661)

62. Qozog‘iston (1.0286)

64. Ozarbayjon (1.0472)

75. Afg‘oniston (1.4887)

86. Turkmaniston (1.7598)

93. Qirg‘iziston (2.2369)

99. Tojikiston (2.4035)