7 aprel kuni soat 09.45 da Yakkasaroy tumani Katta Mirobod ko‘chasida 28 yoshli samarqandlik A.I. boshqaruvidagi Lacetti Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab harakatlanishi davomida boshqaruvni yo‘qotgan, deya xabar bermoqda shahar IIBB.

Oqibatda Katta Mirobod va Shota Rustaveli ko‘chalari kesishmasida svetoforning taqiqlovchi belgisida to‘xtab turgan bir nechta transport vositalari bilan to‘qnashgan.


Lacetti 35 yoshli Sh. Sh. boshqaruvidagi Spark hamda 24 yoshli A.K. boshqaruvidagi Matiz avtomobillariga borib urilgan. Shundan so‘ng, Lacetti beton ustunga to‘qnashgan. Zarbadan Matiz avtomobili ag‘darilib, qarshisida turgan 30 yoshli B.T. boshqaruvidagi «Isuzu» rusumli yo‘lovchi avtobusi bilan to‘qnashgan.


YTH natijasida avtobus yo‘lovchilariga zarar yetmagani aytilmoqda. Lacetti avtomobili hamda Spark avtomobili yo‘lovchilari tan jarohati olib, shifoxonaga yetkazilgan.

Holat yuzasidan shahar IIBB tomonidan tergov oldi tekshiruvi o‘tkazilmoqda.