O‘zbekistonda Ramazon oyining boshlanishi 13 aprelga to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 8 apreldagi «Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida"gi qarorida bu haqda so‘z boradi.

Adliya vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, qarorga ko‘ra Ramazon oyi karantin qoidalariga rioya qilgan holda milliy an’ana va qadriyatlarga mos ravishda o‘tkaziladi.