Surxondaryo viloyatidagi «Surxon» podstansiyasini «G‘uzor» podstansiyasi bilan bog‘lovchi 500 kVtli elektr uzatish tarmog‘i qayta tiklandi, deya xabar berdi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

4 aprel kuni Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida kuchli yog‘ingarchilik va shamol oqibatida «Surxon» va «G‘uzor» podstansiyalari oralig‘idagi 500 kVli L-508 havo elektr uzatish tarmog‘ining ikkita tayanchi qulagan edi.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining maxsus brigadalari tomonidan ushbu holatni bartaraf etish uchun chora-tadbirlar olib borildi va 7 aprel kuni mazkur tayanchlarni tiklash ishlari to‘liq yakunlanib, elektr uzatish tarmog‘i qayta tiklandi.