«Toshkent metropoliteni» korxonasi metro poyezdi eshigi ochiq holda harakatlani yuzasidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi yakuniga yetganini ma’lum qildi. «Gazeta.uz» avvalroq hodisa juma kuni «Pushkin» va «Buk ipak yli» stansiyalari o‘rtasida sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, xizmat majburiyatlarini munosib ravishda bajarmagani uchun harakat tarkibi mashinisti, elektr-chilangari va katta ustasi egallab turgan lavozimlaridan ozod qilingan.

Bundan tashqari, elektr harakat tarkibini ta’mirlash bo‘yicha elektr deposi boshlig‘i o‘rinbosari oylik maoshining 40 foizi miqdorida jarimaga tortildi, deya xabar qildi metro ma’muriyati.