9 aprel kuni Toshkentning Yakkasaroy tumanida 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Hodisa soat 10:00larda Bobur ko‘chasida joylashgan tuman IIO FMB binosi ro‘parasida yuzaga keldi.

Haydovchi F.M. (1998 y.t) boshqaruvidagi Lacetti R.F. (1990 y.t) boshqaruvidagi Damas hamda D.A. (1978 y.t) boshqaruvidagi Spark bilan to‘qnashgan.

Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

«Mazkur YTH yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, to‘qnashuv sodir bo‘lish sabablariga oydinlik kiritilmoqda», — deyiladi xabarda.