Bugun va ertaga O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan iliq havo massalari kirib kelishi davom etadi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechalari 7−12 daraja iliqni tashkil etadi, kunduz kunlari 21−26 daraja iliqgacha isiydi. Ushbu harorat shu kunlarning ko‘p yillik qiymatlaridan 2−3 darajaga yuqori bo‘ladi.

Kavkaz hududlaridan salqin havo massalari kirib kelishi natijasida yakshanba kuni haroratning pasayishi kutilmoqda. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 7−12 daraja iliq atrofida, kunduz kunlari esa 17−22 daraja iliqdan yuqori va me’yordan 2−3 daraja past bo‘ladi.

Shuningdek, sinoptiklar shu kunlarda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida 1600 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor deya ogohlantirdi.