Milliy bog‘ hududida Alisher Navoiy nomidagi ijod maktabi, Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyining yangi binosi, yangi Milliy drama teatr binosi, yaponiyalik arxitektor Tadao Ando loyihasi asosida Davlat san’at muzeyining namoyishlari kompleksi, «yosh olimlar, yoshlar va kitob ixlosmandlariga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan ulkan Kutubxona binosi qurilish ishlari boshlandi».

8 aprel kuni kechqurun «Navro‘z» to‘yxonasida kutilmagan buzilish ishlari boshlanishiga oid Toshkent hokimligining bayonotida shunday deyiladi.

Foto: Altman News / Telegram.

Foto: Tashkent Retrospective.

Hokimiyat bayonotida qurilish «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘tgan 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomalarida berilgan topshiriqlari asosida Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq» boshlanganligi ta’kidlanadi.

Kutubxona ilm-fan va san’atning turli sohalariga oid bosma va elektron davriy nashrlarning ulkan salohiyatiga ega bo‘ladi hamda 1,5 mln dona kitoblar fondini o‘z ichiga oladi, deyiladi hokimlik matbuot xizmatida. «Gazeta.uz» manbasining ma’lum qilishicha, kutubxona «Navro‘z» binosining o‘rniga quriladi.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 29 dekabr kuni parlamentga qilgan murojaatida hukumatga bir oy ichida madaniy meros ob’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, saqlash va muhofaza qilish bo‘yicha maxsus dasturni qabul qilishni topshirgan edi.

O‘shanda davlat rahbari shunday degan: «Biz xalqimizning madaniy merosini saqlash va kelajak avlodlarga qoldirishimiz kerak. Ayni paytda uning tarkibiga 7000 dan ortiq ob’ektlar kiradi. Afsuski, so‘nggi paytlarda ba’zi bir bebaho ob’ektlarga yetkazilgan zarar bu masalaga beparvolik bilan munosabatda bo‘layotganlikdan dalolat beradi».

Prezident o‘z murojaatida Toshkentning markazida milliy akademik drama teatri, taniqli yapon me’mori Tadao Andoning loyihasi asosida rekonstruksiya qilingan badiiy muzey, zamonaviy kutubxona va Alisher Navoiy nomidagi xalqaro ijod maktabi tomonidan shakllantiriladigan madaniy-ma’rifiy majmuani yaratish ishlari boshlanishini ma’lum qilgan edi.


2020 yil 19 noyabr kuni prezidentga taqdimot qilingan «Navro‘z» qabullar uyini rekonstruksiya qilish loyihasi Foto: «O‘zbekiston 24».

«Navro‘z» to‘yxonasiga kelsak, 2020 yilning noyabr oyida bino kapital remont qilinganidan so‘ng uni Davlat ishtirokidagi korxonalarni sog‘lomlashtirish va davlat aktivlarini xususiylashtirish markaziga aylantirish rejalashtirilgan edi.

Gazeta.uz manbalarining xabar berishicha, «Navro‘z» yaqinda rekonstruksiya qilingan, lekin «shu kunlarda uni buzish bo‘yicha yangi qaror» qabul qilingan.

«Navro‘z» hozir buzilmoqda


«Gazeta.uz» muxbirining xabar berishicha, hozirda «Navro‘z» to‘yxonasi binosini buzish ishlari davom etmoqda. Qurilish ishlari boshlanganidan keyin hudud bo‘ylabtemir to‘siqlar qo‘yib chiqilgan. Bino atrofida ko‘plab qurilish texnikalari bor, ishchilar yetib kelishda davom etmoqda.


Qonunni muhofaza qilish organlari buzish ishlari olib boriladigan joyni o‘rab olishgan va ushbu joyda to‘plangan jurnalistlarni perimetrdan ichkariga qo‘yishmayapti, foto va videoga olish uchun ham ruxsat berilmayapti.


Madaniy-ma’rifiy kompleksning qurilishi bilan kim shug‘ullanishi to‘g‘risida hozircha ma’lumot berilgani yo‘q. «Navro‘z» saroyi oldida muxbirimiz Discover Invest korxonasi logotiplari bor avtomobillarni ko‘rganligi haqida xabar berdi. Kompaniya Tashkent City va Ashxabod bog‘lari, Hilton mehmonxonasi, Imzo va Artel zavodlarini qurgan.


«Gazeta.uz»ga poytaxt hokimiyatida qo‘shimcha ma’lumot berishmadi.


«Navro‘z» buzilishidan oldin


Ob’ekt arxitektorlari ob’ekta R. Yakubov, V. Ostroverxov, N. Batarin, injener — V. Afanaseva. «Maskan» jurnalidan surat / Tashkent Retrospective.

«Navro‘z» to‘yxonasi rahbari Barno Ro‘ziyev «Norma» gazetasiga kompleks 1983 yilda qurilganligi, 1991 yil 21 mart kuni esa ekspluatatsiyaga kiritilganligini aytib bergan edi. «Avallari to‘yxona shunchaki Baxt uyi deb nomlanardi va boshqa joyda joylashgan edi. O‘sha yili u kompleks binosiga ko‘chib o‘tdi va shundan boshlab „Navro‘z“ nikoh uyi nomi bilan yuritiladi», — deya ta’kidlagan u 2014 yilgi intervyuda.

2019 yil 31 dekabr. Foto: Pavel Petrovich.