Urgutlik fuqaro o‘zining otasiga tegishli fermer xo‘jaligi yeridan sotmoqchi bo‘ldi. Bu Bosh prokuratura huzuridagi departament va DXXning Urgut tuman bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.

Fuqaro A.E. otasi rahbarligidagi fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan 1,2 gektar yer maydonini fuqaro U.S.ga sotishga uringan.

Gumondor yerni uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 14 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.