5 oktabrdan boshlab Moskvadan O‘zbekiston shaharlariga doimiy aviaqatnovlar oshiriladi. Bunda Moskva — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga 4 tagacha reys, Moskva — Samarqand, Buxoro bo‘yicha haftasiga 2 ta reys yo‘lga qo‘yiladi.
«Ijtimoiy fikr» markazining prezidentlik saylovi bo‘yicha so‘rovi fuqarolar saylovoldi dasturlari bilan to‘liq tanishishga hali ulgurmaganini ko‘rsatdi. Respondentlarning deyarli yarmi nomzodlar orasidagi ochiq teledebatlarni dasturlar haqida ma’lumot olishning eng jozibali shakli deb atashdi.
Prezidentlikka nomzodlar maktablarda bepul ovqatlanishni taklif qilishi, Toshkentda “Tungi velosayr” festivali o‘tkazilishi, Mo‘ynoqda yashovchi oilalarga 5 mln so‘mdan tarqatilishi — “Gazeta.uz"ning 22 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Islomoboddan Londonga uchgan British Airways samolyoti 83 yoshli yo‘lovchining aholi yomonlashib qolgani sababli erta tongda Toshkentga qo‘ndi. Ayol samolyot qo‘nganidan ko‘p o‘tmay olamdan o‘tdi. Yo‘lovchilar hali ham aeroportda qolishmoqda.
1 oktabrdan shaharsozlik hujjatlari «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimi, loyiha hujjatlari esa akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari — yuridik shaxslar, «Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi» DUK yoki uning hududiy filiallari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Toshkentdagi Romanovlar caroyi binosini rekonstruksiya qiladi. Unda, avval xabar qilinganidek, muzey joylashtiriladi, G‘arbiy Yevropaning rassomchilik kolleksiyasi, chinni buyumlar, interer buyumlari va boshqa qimmatli san’at asarlarini muzeyga qaytarish rejalashtirilgan. Saroyning bog‘ hududida jamoatchilik uchun ochiq maydon barpo etiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev bir vaqtlar Toshkentda “propiska” olish azob bo‘lgani, uning o‘zi ham institutda fan nomzodi bo‘lmaguncha “propiska"siz bo‘lganini esga oldi. “Bitta aybim — Toshkentda tug‘ilmaganim uchun edi. Nima degani bu? Adolat emas-ku bu”, — deya ta’kidladi u.
Sud marhum sharqshunos olim Andrey Kubatinning oilasiga yetkazilgan ma’naviy zararni qoplash to‘g‘risidagi da’voni qisman qanoatlantirdi. Toshkent shahar Moliya boshqarmasi uning yaqinlariga 150 mln so‘m to‘lashi kerak. Oilasi esa dastavval 3,5 mlrd so‘m miqdorida tovon puli so‘ragan.
Navoiy viloyatida ikki yoshli farzandini sotishga uringan samarqandlik er-xotin qo‘lga olindi.
Kattaqo‘rg‘on tumanida «ketma-ket qiz farzandlar ko‘rgani» uchun eri va qaynonasining tazyig‘iga uchrab kelgan ayol va uning katta qizi o‘z joniga qasd qildi. Ular o‘limida aybli deb topilgan er 7 yilga qamaldi, qaynonaga 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Ayolga himoya orderi berilgan bo‘lgan.
Milliy emlash kalendariga asosan, grippga qarshi emlanish jarayonlari sentabr-oktabr oylaridan boshlanadi. Sanitariya-epidemiologiya xizmati bo‘lib boshlig‘i Rustam Ikromov grippga qarshi emlanish jarayonlari haqidagi savollarga javob berdi.
O‘zLiDePning prezidentlikka nomzodi Shavkat Mirziyoyev Xorazmda ham 1−4 cinf o‘quvchilariga bepul tushlik berish joriy etilishini ma’lum qildi. XDPning prezidentlikka nomzodi Maqsuda Vorisova boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul nonushtalar tashkil etilishi haqida aytdi.
Sadriddin Ayniy nomidagi Buxoro davlat musiqali drama va komediya teatri birinchi o‘zbek professional teatrlaridan biri. Teatrning eski binosi bir necha yildan beri ta’mirtalab, uning ijodiy jamoasi esa boshqa manzilda o‘z namoyishlarini ko‘rsatadi. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti 3-bosqich talabasi Ziyoda Aloyiddin qizi teatrning eski binosi yangisidan nimasi bilan afzalligi va nega teatr avariyaviy holatdan hali ham chiqmaganligini o‘rgandi.
Andijon shahrida sodir bo‘lgan YTH natijasida 3 nafar shaxs vafot etgan va 1 nafar shaxs tan jarohati olgan. Halok bo‘lgan shaxslar talabalar ekanligi aytilgan edi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Orol dengizi fojiasi oqibatlaridan hammadan ko‘p jabr ko‘rgan Qoraqalpog‘istonning Muynov tumanida yashovchi har bir oilaga 5 mln so‘mdan bir martalik yordam puli tarqatilmoqda.
Surxondaryo viloyat ekologiya boshqarmasi Denov tumani markazida noqonuniy kesilgan 109 tup daraxt uchun 65 mln so‘m miqdorida zarar hisobladi. Deputat Rasul Kusherbayevning so‘rovidan so‘ng zarar qayta hisoblanib, aslining uning miqdori 995 mln so‘m ekani ma’lum bo‘ldi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Hukumat qarori bilan IIV, FVV va Milliy gvardiyaga savdo va ko‘ngilochar ko‘chalarida qo‘shimcha patrullik postlarini tashkil qilish, xizmatga jalb qilingan otryadlar zichligini oshirish, tadbirkorlik subyektlari mol-mulkini qo‘riqlash vazifalari topshirildi.
Poytaxtning Chilonzor va Yakkasaroy tumanlaridagi dorixonalarda tegishli hujjatlari bo‘lmagan kuchli ta’sir qiluvchi «Regapen», «Tropikamid», «Zardeks» dorilarining noqonuniy savdosi to‘xtatildi.
Poytaxtda videokameralar yordamida metroda 13 yoshli qizga behayo harakatlar qilgan erkak qidirilmoqda. Suratdagi shaxs haqida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan ichki ishlar organlariga murojaat qilishlari so‘raldi.
Toshkentda chorshanba kuni kechqurun tungi «Tungi velosayr» festivali bo‘lib o‘tadi. Sayr Mahtumquli va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari kesishmasidan boshlanib, «Yangi O‘zbekiston» bog‘igacha davom etadi. Barcha velosport ishqibozlari ishtirok etishi mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting