Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi apellyatsiya instansiyasi birinchi instansiya sudi qarorini bekor qilib, marhum sharqshunos Andrey Kubatin oilasining ma’naviy zararni qoplash to‘g‘risidagi da’vosini qisman qanoatlantirdi, deya ma’lum qildi uning singlisi Klara Saxarova «Gazeta.uz»ga.

17 may kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi ham ma’naviy zararni undirish to‘g‘risidagi da’volarni qisman qanoatlantirgan edi. Sud talab qilingan 3,5 mlrd so‘m o‘rniga javobgar — Toshkent hokimligi Moliya bosh boshqarmasiga 30 mln so‘m to‘lash мажbuриятини yukladi.

Marhum olimning rafiqasi Feruza Jumaniyozovaning so‘zlariga ko‘ra, sud uning «sha’ni, qadr -qimmati va ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan haqiqatga zid bo‘lgan ma’lumotlar tarqalgani sababli» olim sifatida faol ijtimoiy hayotini davom ettira olmagani, ilmiy asarlar yozolmagan, o‘g‘lini to‘liq tarbiyalash bilan shug‘ullana olmaganinini hisobga olmagan.

U, shuningdek, yashalgan azob-uqubatlar, tananing umumiy tonusi va uyqu buzilishi, shuningdek, 2011 yilda tug‘ilgan farzandlarining huquqlari buzilgani haqida ham ma’lum qildi.

Adokat Sergey Mayorov Uchtepa tumanlararo sudining mazkur qarori ma’naviy zarar miqdori norasmiy ravishda reabilitatsiya qilinadigan shaxsga yetkazilgan moddiy zarar bilan bevosita bog‘lanishi bilan bog‘liq mavjud amaliyotdan kelib chiqqanini taxmin qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Andrey Kubatinga noqonuniy sudlanganlik oqibatida yetkazilgan bevosita moddiy zarar miqdori 59 mln so‘m deb belgilangan.

«Ehtimol, tumanlararo fuqarolik sudi ma’naviy zarar miqdori to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazilgan moddiy zarar miqdorining yarmi sifatida belgilanishi kerak, degan xulosaga kelgandir, aslida esa noqonuniy sudlanganlik natijasida yetkazilgan ma’naviy zarar miqdori yetkazilgan moddiy zarar miqdoridan bir necha marta katta bo‘lishi kerak», — deya ta’kidladi u.

Advokat «Uchtepa sudining noto‘g‘ri va adolatsiz qarori Oliy sud Plenumining «Ma’naviy zararni qoplash to‘g‘risida"gi tavsiyalariga zid ekanligini ta’kidladi.

«Sud A. Kubatin oilasi a’zolari boshidan kechirgan azob-uqubatlar, cheklovlar, xushko‘rilmasliklarni hisobga olmadi. Sud o‘z yaqini — Andrey Kubatindan ayrilganlikning naqadar achchiqligini inobatga olmadi. Uchtepa sudi arzimagan 30 mln so‘mni tayinlashda na adolat tuyg‘usiga, na Oliy sud Plenumining tavsiyalariga amal qilgan. U, ehtimol, davlat budjetiga tushadigan yukni kamaytirish maqsadida davlatning noto‘g‘ri tushuniladigan manfaatlarini ko‘zlagan», — dedi u.

Sergey Mayorov O‘zbekiston Andrey Kubatin va uning oilasi oldidagi u va uning oila a’zolariga qarshi jinoyat sodir etilgani uchun javobgar эканлиgiga doir bahsga hojat bo‘lmagan dalilga e’tibor qaratmaganini ta’kidladi.

U fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining qarorini o‘zgartirib, oila a’zolari foydasiga 3,5 mlrd so‘mlik ma’naviy zararni undirish to‘g‘risida qaror qabul qilishni so‘radi.

17 sentabr kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi apellyatsiya instansiyasi sudyasi Guzal Ziganshina raisligida o‘tkazilgan sud kollegiyasi da’voni qisman qondirib, birinchi instansiya sudi qarorini bekor qildi va kompensatsiya miqdorini 150 mln so‘mgacha oshirdi. Toshkent shahar hokimligi Moliya bosh boshqarmasi mazkur summani Andrey Kubatinning xotini va o‘g‘liga to‘lashi kerak.

Marhum olimning singlisi va onasi ma’naviy zarar uchun kompensatsiya olish uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilishni rejalashtirmoqda.

Klara Saxarovaning «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, u «uydirilgan ish» doirasida ukasini 15 sutkalik hibsga olgan xodimlarga nisbatan jinoyat ishini qo‘zg‘atishga erishish maqsadida Toshkent shahar IIB boshlig‘i Aziz Toshpo‘latov va ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov bilan uchrashish niyatida ekanligini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning 29 oktabr kuni sharqshunos olim, turkolog Andrey Kubatin 36 yoshida koronavirus asoratlari tufayli vafot etdi. 2017 yilda u O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 157-moddasi (davlatga xiyonat qilish) bilan ayblanib, 5 yilga (apellyatsiyagacha — 11 yilga) ozodlikdan mahrum etilgandi. Ayblov xulosalariga ko‘ra, u chet el olimiga noyob kitoblarning skaner qilingan nusxalarini topshirgan. Xalqaro inson huquqlari tashkilotlari bu ish uyushtirilganini ta’kidlashgan edi. 2019 yil sentabr oyida olim Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudining qarori bilan oqlangan.

13 sentabr kuni Andrey Kubatin Nursulton shahrida joylashgan Xalqaro Turk Akademiyasining oltin medali bilan taqdirlandi.