Toshkentda metro vagonida 13 yoshli qizga nisbatan behayo harakatlarda gumon qilingan erkak qidirilmoqda, deb xabar berdi O‘zbekiston IIV Transport xavfsizligi bosh boshqarmasi.

Hodisa 18 sentabr kuni soat taxminan 17:00larda Toshkent metropolitenining «Olmazor» bekatida sodir bo‘lgan. Qiz erkakning harakatlarini videoga olib, internetda e’lon qilgan.

«Hozirda, videokuzatuv moslamalari orqali noma’lum erkak kishining harakat yo‘nalishini o‘rganish va shaxsini aniqlash ishlari amalga oshirilmoqda», — deyiladi xabarda.

«Agar siz ushbu fotosuratdagi erkak kishi haqida ma’lumotga ega bo‘lsangiz darhol 102 raqamiga yoki yaqin bo‘lgan ichki ishlar organiga xabar berishingizni so‘raymiz», — boshqarma tomonidan so‘raldi.