Toshkentda “Tungi velosayr” festivali o‘tkaziladi

Toshkentda chorshanba kuni kechqurun tungi “Tungi velosayr” festivali bo‘lib o‘tadi. Sayr Mahtumquli va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari kesishmasidan boshlanib, “Yangi O‘zbekiston” bog‘igacha davom etadi. Barcha velosport ishqibozlari ishtirok etishi mumkin.

Kamilov Pauer bilan Afg‘onistondagi vaziyat, koronavirusga qarshi kurash va saylovlarni muhokama qildi

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va USAID ma’muri Samanta Pauer Afg‘onistondagi vaziyat, turli sohalardagi hamkorlik va prezidentlik saylovlarini muhokama qildi.

Toshkentning ikki tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dorilarning noqonuniy savdosi aniqlandi

Poytaxtning Chilonzor va Yakkasaroy tumanlaridagi dorixonalarda tegishli hujjatlari bo‘lmagan kuchli ta’sir qiluvchi “Regapen”, “Tropikamid”, “Zardeks” dorilarining noqonuniy savdosi to‘xtatildi.

Savdo va ko‘ngilochar ko‘chalarda jamoat tartibi xavfsizligi kuchaytiriladi

Hukumat qarori bilan IIV, FVV va Milliy gvardiyaga savdo va ko‘ngilochar ko‘chalarida qo‘shimcha patrullik postlarini tashkil qilish, xizmatga jalb qilingan otryadlar zichligini oshirish, tadbirkorlik subyektlari mol-mulkini qo‘riqlash vazifalari topshirildi.

Denovda 109 tup daraxt kesilishidan yetkazilgan zarar 65 mln so‘m emas, 995 mln so‘m ekani ma’lum bo‘ldi

Surxondaryo viloyat ekologiya boshqarmasi Denov tumani markazida noqonuniy kesilgan 109 tup daraxt uchun 65 mln so‘m miqdorida zarar hisobladi. Deputat Rasul Kusherbayevning so‘rovidan so‘ng zarar qayta hisoblanib, aslining uning miqdori 995 mln so‘m ekani ma’lum bo‘ldi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Mo‘ynoqda yashovchi oilalarga 5 mln so‘mdan tarqatilmoqda

Orol dengizi fojiasi oqibatlaridan hammadan ko‘p jabr ko‘rgan Qoraqalpog‘istonning Muynov tumanida yashovchi har bir oilaga 5 mln so‘mdan bir martalik yordam puli tarqatilmoqda.

Amudaryo orqali o‘tadigan ko‘prikning qiymati — 174 mln dollar

Amudaryo orqali Xorazm viloyati Qoraqalpog‘iston Respublikasini bog‘lovchi ko‘prik qurilishi loyihasining qiymati 174 million dollar. Prezident mazkur qurilayotgan ko‘prikni ko‘zdan kechirdi.

11,9 mlrd so‘mlik tovarlar bojxona rasmiylashtiruvidan oldin almashtirib qo‘yilganligi aniqlandi

Davlat bojxona qo‘mitasi respublika hududiga olib kirilgan 11,9 mlrd so‘mlik tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan oldin almashtirib qo‘yishga urinish holatini aniqladi. Ma’lumotga ko‘ra, yil boshidan bojxona organlari tomonidan aniqlangan 7700 ta huquqbuzarlik holatida umumiy qiymati 547 mlrd so‘mlik tovarlar noqonuniy ko‘chirilishining oldi olingan.

Prezidentlikka nomzodlar maktablarda bepul ovqatlanishni taklif qilishdi

O‘zLiDePning prezidentlikka nomzodi Shavkat Mirziyoyev Xorazmda ham 1−4 cinf o‘quvchilariga bepul tushlik berish joriy etilishini ma’lum qildi. XDPning prezidentlikka nomzodi Maqsuda Vorisova boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul nonushtalar tashkil etilishi haqida aytdi.

Koronavirusga qarshi emlanganlar 14 kundan keyin grippga qarshi vaksina olishi mumkin — SEO

Milliy emlash kalendariga asosan, grippga qarshi emlanish jarayonlari sentabr-oktabr oylaridan boshlanadi. Sanitariya-epidemiologiya xizmati bo‘lib boshlig‘i Rustam Ikromov grippga qarshi emlanish jarayonlari haqidagi savollarga javob berdi.

Ketma-ket qiz tuqqani uchun tazyiqqa uchragan kattaqo‘rg‘onlik ayol va uning katta qizi o‘z joniga qasd qildi

Kattaqo‘rg‘on tumanida “ketma-ket qiz farzandlar ko‘rgani” uchun eri va qaynonasining tazyig‘iga uchrab kelgan ayol va uning katta qizi o‘z joniga qasd qildi. Ular o‘limida aybli deb topilgan er 7 yilga qamaldi, qaynonaga 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Ayolga himoya orderi berilgan bo‘lgan.

Andrey Kubatinning oilasi 150 mln so‘m miqdorida tovon puli oladi

Sud marhum sharqshunos olim Andrey Kubatinning oilasiga yetkazilgan ma’naviy zararni qoplash to‘g‘risidagi da’voni qisman qanoatlantirdi. Toshkent shahar Moliya boshqarmasi uning yaqinlariga 150 mln so‘m to‘lashi kerak. Oilasi esa dastavval 3,5 mlrd so‘m miqdorida tovon puli so‘ragan.

“Bitta aybim Toshkentda tug‘ilmaganim edi” — prezident “propiska” haqida gapirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bir vaqtlar Toshkentda “propiska” olish azob bo‘lgani, uning o‘zi ham institutda fan nomzodi bo‘lmaguncha “propiska"siz bo‘lganini esga oldi. “Bitta aybim — Toshkentda tug‘ilmaganim uchun edi. Nima degani bu? Adolat emas-ku bu”, — deya ta’kidladi u.

Toshkentdagi Romanovlar saroyi binosi rekonstruksiya qilinadi

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Toshkentdagi Romanovlar caroyi binosini rekonstruksiya qiladi. Unda, avval xabar qilinganidek, muzey joylashtiriladi, G‘arbiy Yevropaning rassomchilik kolleksiyasi, chinni buyumlar, interer buyumlari va boshqa qimmatli san’at asarlarini muzeyga qaytarish rejalashtirilgan. Saroyning bog‘ hududida jamoatchilik uchun ochiq maydon barpo etiladi.

Shaharsozlik va loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish qoidalari yangilandi

1 oktabrdan shaharsozlik hujjatlari “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi, loyiha hujjatlari esa akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari — yuridik shaxslar, “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK yoki uning hududiy filiallari tomonidan ko‘rib chiqiladi.

“Gazeta.uz"da chiqqan maqolalar:

11 yillik qarovsizlik. Buxorodagi teatrning eski binosi avariyaviy holatdan chiqishini kutmoqda

Sadriddin Ayniy nomidagi Buxoro davlat musiqali drama va komediya teatri birinchi o‘zbek professional teatrlaridan biri. Teatrning eski binosi bir necha yildan beri ta’mirtalab, uning ijodiy jamoasi esa boshqa manzilda o‘z namoyishlarini ko‘rsatadi. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti 3-bosqich talabasi Ziyoda Aloyiddin qizi teatrning eski binosi yangisidan nimasi bilan afzalligi va nega teatr avariyaviy holatdan hali ham chiqmaganligini o‘rgandi.