5 oktabrdan boshlab Moskvadan O‘zbekiston shaharlariga doimiy aviaqatnovlar soni ikki taraflama asosda ko‘paytiriladi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Xususan, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha reyslar yo‘lga qo‘yiladi:
- Moskva — Toshkent (haftasiga 4 tagacha reys);
- Moskva — Buxoro (haftasiga 2 ta reys);
- Moskva — Samarqand (haftasiga 2 ta reys);
- Moskva — Urganch (haftasiga 1 ta reys);
- Moskva — Namangan (haftasiga 1 ta reys);
- Moskva — Farg‘ona (haftasiga 1 ta reys);
- Moskva — Andijon (haftasiga 1 ta reys);
- Moskva — Termiz (haftasiga 1 ta reys).
Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlardan oldin chet davlatlar fuqarolari bo‘lgan yo‘lovchilarga koronavirusdan himoyalanish uchun emlanish tavsiya qilingan.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Shuningdek, yaqinda mehnat migrantlari uchun O‘zbekistondan Rossiyaga poyezdlar tashkillashtirish rejalashtirilmoqda.