Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida yashovchi har bir oilaga 5 mln so‘mdan bir martalik yordam puli berilmoqda.

«Orol dengizi fojiasi oqibatlaridan hammadan ko‘p jabr ko‘rgan Mo‘ynoq tumani xalqi har tomonlama qo‘llab-quvvatlash prezidentimizning e’tiborida», — deb yozadi tuman hokimligi matbuot xizmati.


Bir martalik pul yordami qishloq fuqarolar yig‘inlari kesimida sayyor kassalar orqali, «Xalq banki»ning Mo‘ynoq tuman filiali tomonidan, shuningdek uylarga avtomashinalarda borib tarqatilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 21 sentabr, seshanba kuni Qoraqalpog‘istonga saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazish uchun borib, bugun tashrifini yakunladi.