Toshkent — Qarshi — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar qayta tiklanmoqda, deya xabar bermoqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati.

Xabarga ko‘ra, парвозлар 2 noyabrdan haftasiga 2 marotaba — seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

  • Toshkentdan uchish: 19:00
  • Qarshiga kelish: 20:00
  • Qarshidan uchish: 20:40
  • Toshkentga kelish: 21:40

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.

Shuningdek, qayd etilishicha, 2021 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston havo yo‘llari orqali 2,1 mln yo‘lovchi tashilgan. Havo yo‘llari orqali yo‘lovchi tashish o‘tgan yilning mos davri bilan solishtiganda yo‘lovchilar soni 3,1 baravarga oshgan.