Toshkentning Chilonzor tumani Lutfiy ko‘chasida o‘nlab daraxtlar tubiga polietilen plyonka to‘shalgani sababli qurishni boshlagan, deya xabar qildi Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga. Yo‘lning o‘tish qismi o‘rtasida o‘sayotgan 55 daraxtning aksariyati qurimoqda, ayrimlarida tubining pastki qismlarida chirish alomatlari mavjud.

Tuman obodoshlashtirish bo‘limi xodimlarining Kun.uzga ma’lum qilishicha, ustiga keramzit va mayda toshchalar sepilgan polietilen plyonka bahorda hududga prezident tashrifi kutilayotganda olib borilgan obodoshlashtirish ishlari vaqtida to‘shalgan.

O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti direktor o‘rinbosari Nurillo Muxsinovning ta’kidlashicha, ushbu harakatlar natijasida o‘simliklarga jiddiy zarar yetkazilgan, chunki bunday holatlarda daraxtlar stress holatini boshdan kechiradi, namlikni yo‘qotadi va barglarini to‘kadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir daraxtlar quridi, deb aniq aytib bo‘lmaydi, yakuniy xulosa bahorda beriladi.

Daraxtlardan biri tekshirilganida, namlik darajasi 85 foizni tashkil etgan.

«Daraxtlarni sog‘lomlashtirish uchun ularning tubini yumshatish, agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish, sug‘orishni tashkil etish kerak… Agar [daraxtlar] o‘sa olmasa, obodoshlashtirish boshqarmasi boshlig‘i va uning xodimlariga chora ko‘riladi», — dedi Ekologiya qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Islombek Boqijonov.

U yerga plyonka to‘shashdan maqsad daraxtlarni yo‘q qilish bo‘lishi mumkinligini istisno qilmadi, chunki toshlarni plyonka to‘shamasdan ham sepish mumkin edi.

«Ikki tomoni ham yo‘l, ular o‘rtasida esa daraxtlar. Qo‘pol qilib aytganda, ular kimgadir xalal bermoqda… Bunday hajmli daraxt o‘stirish uchun 70 yil kutish kerak», — dedi u.

Qo‘mita rahbari o‘rinbosari biznes yoki mahalliy hukumat vakillari ba’zida daraxtlarni kesishga e’lon qilingan moratoriyni aylanib o‘tish uchun turli usullarni (daraxtni kerosin bilan quritish, tubiga beton quyish) qo‘llamoqdalar.

Chilonzor tumani obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Aziz Nurmuhammedov bu lavozimda yaqindan beri ishlab kelayotgani va nima uchun bunday qaror qo‘llanilganini bilmasligini aytdi. Shu bilan birga, uning ta’kidlashicha, «landshaft dizayni»dan oldin hudud chiqindilar bilan to‘lib-toshgan bo‘lgan.

«Rahbariyat bu yerni chiroyli qilish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Ular tosh va keramzit olib kelishdi. Biz bu juda chiroyli bo‘lsin, degan qarorga keldik. Maysa yotqiza olmadik, chunki bu yerda sug‘orish tizimi yo‘q… Toshlar yon tomonlarga tarqalib ketmasligi uchun plyonka yotqizilgan», — dedi obodoshlashtirish boshqarmasi agronomi Barno Mavlonova.

U daraxtlar ushbu hudud obodoshlashtirilmasidan ancha avval qurishni boshlaganini qo‘shimcha qildi.

Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i v. b. Farhod Dehqonov daraxtlardan qutulishga qaratilgan bu obodonlashtirish usulini «kolxozcha» deb atadi.

Eslatib o‘tamiz, sentabr oyi oxirida Ekologiya qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Islombek Boqijonov Toshkentda 5−10 foiz archa (archa) quriy boshlagani haqida xabar bergan edi. Uning taxminiga ko‘ra, bu shahardagi yer osti suvlari darajasining pasayishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Qo‘mita vakilining ta’kidlashicha, hokim Jahongir Ortiqxo‘jayevning aytgan 1600 ta quduq qurishga ehtiyoj borligi masalasi ham o‘rganiladi.