O‘zbekiston maktablari o‘quvchilari uchun I chorakning so‘nggi kuni 3 noyabrga to‘g‘ri keladi. 4 noyabr kuni kuzgi ta’tilning ilk kuni sanaladi, deb xabar berdi Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati.

Ta’til 6 kalendar kun, ya’ni 9 noyabrgacha davom etadi. II chorak esa 10 noyabrdan boshlanadi.