29 oktabr kuni Toshkentdagi Hyatt Regency mehmonxonasida Central Asia Employer Brand Award — EMBRAS 2021 tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan Artyel kompaniyasi «Yilning eng yaxshi yutuqlari» nominatsiyasida birinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, kompaniya «Xayrli ishlar» nominatsiyasida ikkinchi o‘rinni egalladi. Shu tariqa xalqaro maydonda nufuzga ega bo‘lgan Central Asia Employer Brand Award Artel`ning yil davomida HR sohasida bajargan ishlarini yuqori baholadi.


2021 yilda Artel kompaniyasining kadrlar bo‘limi kompaniyaning barcha bo‘limlarida HR-jarayonini kompleks raqamlashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasini taqdim etdi va uni amalga oshirishni boshladi. Bugungi kunda kompaniya HR sohasini raqamlashtirishga qaratilgan kompleks strategiyasini amalga oshirishda davom etmoqda. Aynan shu ishlar sababli «Yilning eng yaxshi yutuqlari» nominatsiyasida Artel birinchi o‘ringa munosib ko‘rildi.


«Xayrli ishlar» nominatsiyasida kompaniyaning xodimlari ijtimoiy loyihalarda qatnashgani, shuningdek, Artel`dan yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolar bilan ishlaydigan maxsus bo‘limi bor ekani haqida yaxshi fikrlar aytildi.


«Kompaniyamiz rahbariyati doim iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, kadrlar bilan ishlash jarayonini yanada rivojlantirish, moslashuvchan HR amaliyotlarini yaratish va sohani avtomatlashtirishga katta ahamiyat berib kelmoqda. Shuningdek, kadrlarni tayyorlash va rivojlantirish kabi yirik HR loyihalariga doim sarmoya kiritib kelyapti. Artel`da kadrlar bilan ishlash tizimini o‘zgartirish boshlanganiga hali uncha ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Shunga qaramay, qisqa muddat ichida bir qator yutuqlarga erishildi. Kompaniyamiz kelgusida xalqaro miqyosga chiqishni va HR sohasidagi tendensiyalar, ilg‘or tajribalarni faoliyatiga joriy etishni maqsad qilgan.

Kadrlar bilan ishlashning zamonaviy tizimi HR har bir ish beruvchining raqobatbardosh jihatlaridan biri hisoblanadi. Artel Electronics MCHJda HR sohasida erishilgan yutuqlarning xalqaro ekspertlar hay’ati tomonidan e’tirof etilishi kompaniyani rivojlantirishda to‘g‘ri yo‘l tanlanganini tasdiqlaydi. Yana bir jihat, o‘tgan 2020 yilda ham kompaniya «Xayrli ishlar», shuningdek, biznes amaliyotini takomillashtirish va sarmoyadan yuqori daromad keltiradigan loyihalar baholanadigan «Biznes natijasi» nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan edi. Bu ham Artel`ning muvaffaqiyati, kompaniyaning Markaziy Osiyoda HR amaliyotini rivojlantirishda yetakchi mavqega ega ekanidan dalolat beradi", — dedi Lazizbek Mamatov, Artel HR departamentining rahbari.


EMBRAS mukofotlari mustaqil xalqaro hakamlar hay’ati tomonidan Markaziy Osiyo bo‘ylab ish beruvchilar amaliyotini xolis baholaydi. 2021 yilda O‘zbekistondagi 16 dan ortiq yirik kompaniyalar HR ishi, korporativ madaniyat va kompaniyaning jamiyatga qo‘shgan hissasiga bag‘ishlangan nominatsiyalar bo‘yicha bellashdi.

EMBRAS Brand Award nafaqat O‘zbekiston bozorida, balki Markaziy Osiyoda ham HR bo‘yicha eng nufuzli mukofotlardan biri hisoblanadi. Tanlovda ishtirok etish kompaniyalarga o‘z loyihasini professional hakamlar hay’atiga baholatish, benchmark olish va boshqa kompaniyalar tajribasini o‘rganish imkoniyatini beradi.

Bu yilgi tanlovda Beeline Uzbekistan mobil operatori, Beeline Qozog‘iston, Toshkent metallurgiya kombinati (TMZ), InfinBANK, Freedom Finance investitsiya kompaniyasi, Bek corp diversifikatsiyalangan xoldingi, ISHONCH do‘konlar tarmog‘i kabi taniqli brendlar TCELL (Tojikiston) uyali aloqa operatori, MIMAR Grup kabi mahalliy va xorijiy brendlar ishtirok etdi.

Reklama huquqlari asosida.