“Uniwork” platformasi ijtimoiy loyiha sifatida “Unistream” bankining Rossiyaga ishlash uchun kelgan muhojirlarni qo‘llab-quvvatlash strategiyasi doirasida ishga tushirildi. Muhojirlarning aksariyati ko‘pincha begona mamlakatga kelganlarida turli xil qiyinchiliklarga duch kelishadi. Umumiy tarqalgan muammolardan biri bu mahalliy aholining muhojirlarga nisbatan salbiy munosabatidir. Aholi muhojirlar ularning ish o‘rinlarini egallashyapti deb o‘ylashadi.

Aslida bu keng tarqalgan stereotipning hech qanday asosi yo‘q. Rossiyada ishchi kuchi tanqisligi yuzaga kelgan va boshqa mamlakatlar fuqarolarini faol jalb qilmasdan vaziyatni to‘g‘irlash qiyin bo‘ladi. Bundan tashqari, yildan-yilga bu muammo yanada keskinlashib bormoqda.

“Unistream” bankining missiyalaridan biri — muhojirlarning Rossiyada yaxshiroq ijtimoiylashuvi uchun sharoit yaratish va jamiyatda ijtimoiy keskinlik yuzaga kelishining oldini olishdir.

Bankning yangi moliyaviy mahsulotlari muhojirlarga yordam ko‘rsatishga qaratilgan. Masalan, “Uniwork” dasturining maqsadiga nafaqat mehnat muhojirlariga o‘z talablariga javob beradigan ish o‘rinlarini topishga yordam berish, balki vijdonli ish beruvchilarga malakali kadrlarni tezda topish imkoniyatini yaratish ham kiradi.

Bank mutaxassislari ba’zi ish beruvchilar muhojirlarning deyarli huquqsiz holatidan foydalanib, ular bilan tuzilgan kelishuvning oddiy qoidalariga rioya qilmasliklari, ish haqi to‘lovini kechiktirishlari yoki umuman to‘lamasliklari haqida ko‘plab hikoyalarni eshitishadi.

Natijada odamlarda yashashga ham pul qolmaydi. Ushbu vaziyat tufayli nafaqat ishchilar, balki adolatsiz ravishda ishonchsizlik bilan qaraladigan vijdonli ish beruvchilar ham aziyat chekishadi.

“Uniwork” yordamida bunday muammolarning oldini olish oson bo‘ladi, chunki “Unistream” o‘zining ish beruvchilar reyestrini yangilab boradi. Bunda ishonchni yo‘qotgan kompaniyalar reyesterdan chiqariladi.

Murojaatlarni ko‘rib chiqishda “Unistream” banki ish haqi darajasi bozor talablariga to‘liq javob beradigan bo‘sh ish o‘rinlarini tanlaydi. “Unistream” Rossiyada qonuniy yashayotgan va mehnat qilish huquqiga ega bo‘lgan har qanday shaxsning mehnatiga o‘z vaqtida munosib ish haqi to‘lanishi kerakligiga ishonadi.

Ish beruvchilar ham malakali va mas’uliyatli kadrlarni ishga olishdan manfaatdor. Xususan, bu turli sabablarga ko‘ra mahalliy aholini qiziqtirmaydigan past malakali ishlarga ham tegishli. Ko‘pgina kompaniyalar shaxsiy tajribalarida mehnat muhojirlarini ba’zi hollarda o‘z vazifalarini bajarishda mas’uliyatliroqligini anglashdi: ular o‘z ishlarini qadrlashadi va ish beruvchiga nisbatan kamroq talabchandir.

Ammo “kamroq talabchanlik” hech qanday suiiste’mollikka olib kelmasligi kerak. “Uniwork” haqiqatan ham ishga muhtoj bo‘lgan va ishini mas’uliyat bilan bajarishga tayyor kadrlarni tez va samarali topishga yordam beradi.

“Mehnat migratsiyasi kompleks yondashuvni talab qiladi. Eski muammolardan tashqari, pandemiya yangi xatalarniV ham yaratdi. Hozir Markaziy Osiyodan kelgan mehnat muhojirlari Rossiyada qiyin ahvolda. Ushbu toifadagi fuqarolar huquqlarining poymol etilishi jamiyatdagi ijtimoiy vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Biz ish beruvchilar va mehnat muhojirlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yanada madaniyatli qilishga intilamiz. „Uniwork“ dasturi bozorda o‘zining talabgorligini namoyon qilib ulgurdi. Kelgusi ikki-uch yil ichida har uchinchi muhojir bizning platformamizdan foydalanib, Rossiyada ish topishini kutyapmiz”, — dedi “Unistream” bankining vitse-prezidenti Grigoriy Volis.

“Uniwork” mehnat muhojirlariga mavjud bo‘sh ish o‘rinlarining kengroq ro‘yxatini taqdim etishga intiladi.

Ko‘pincha muhojirlar, masalan, Markaziy Osiyodan kelganlar, og‘ir jismoniy mehnat bilan bog‘liq ishlarga joylashadilar. Shu bilan birga, bir nechta holatlarda bunday xodimlar o‘z talablariga javob bermaydigan kam haq to‘lanadigan ishlarga rozi bo‘lishga majbur bo‘ladilar.

Masalan, mehnat muhojirlari orasida ba’zida tibbiyot yoki muhandislik mutaxassisligiga ega odamlar uchraydi. Mavjud ish tajribasi ularga Rossiyada shunga o‘xshash lavozimlarda ishlash imkoniyatini beradi. Rossiyada shifokorlar, muhandislar va intellektual mehnatning boshqa ko‘plab sohalarida mutaxassislarning katta yetishmovchiligi mavjud.

“Uniwork” yordamida ish topish uchun ish izlayotgan nomzod “Unistream” bankining veb-saytida qisqa so‘rovnomani to‘ldirishi kerak. So‘rovnoma bankning mutaxassislariga kelib tushganidan so‘ng, to‘g‘ri keladigan bo‘sh ish o‘rinlarini tanlash boshlanadi. Bunda tanlov talabgor tomonidan so‘rovnomani to‘ldirishda ko‘rsatilgan mezonlarga muvofiq amalga oshiriladi.

Ya’ni quruvchilarga kurer yoki oshpaz ishlari taklif etilmaydi. Agar ish beruvchini so‘rovnoma qiziqtirsa, bank nomzod bilan bog‘lanadi va uni suhbatga taklif qiladi.

“Uniwork” xizmatlari ish qidirayotganlar uchun bepul.

Reklama huquqlari asosida.