Obodonlashtirish sohasidagi xodimlarga ustama to‘lanadi. Bu haqda 27 oktabrda Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga obodonlashtirish sohasidagi xodimlarni qo‘llab-quvvatlash hamda yangi tashkil etilgan tuman va shaharlarda obodonlashtirish xizmati qamrovini kengaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi qarorida aytilmoqda, deb xabar berdi Norma.

Hujjatga asosan, maxsus ekspluatatsiya-montaj bo‘limlari (bo‘linmalari) xodimlariga:

  • oylik tarif stavkasi (lavozim maoshi)ning 15 foizi miqdorida ish haqiga tenglashtirilgan ustama o‘rnatiladi;
  • ovqatlanish uchun BHMning bir baravari miqdorida kompensatsiya va obodonlashtirish sohasidagi uzluksiz umumiy ish staji (uzoq muddatli xizmati) uchun quyidagi miqdorda har choraklik mukofot to‘lanadi:
Uzoq muddatli xizmati uchun mukofot olish huquqini beradigan obodonlashtirish sohasidagi uzluksiz ish staji
Uzoq muddatli xizmati uchun mukofot miqdorini hisoblash uchun oylik tarif stavkasiga nisbatan koeffitsiyent
1 yildan 3 yilgacha0,3
3 yildan 5 yilgacha
0,6
5 yildan 10 yilgacha
0,8
10 yil va undan ko‘p1,0

Shuningdek, qaror bilan shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari huzuridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo‘limlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Bo‘zatov tumani, Jizzax viloyatining Sharof Rashidov, Yangiobod tumanlari va h.k.da tashkil etiladi.