«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda issiqqina noodatiy sho‘rvalar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Frikadelka va qizil loviyali sho‘rva


Frikadelka va loviya solib pishirilgan mana bunday noodatiy sho‘rva barchaga birdek yoqishi aniq. Ayniqsa oddiy va har kunlik taomlardan zerikkan bo‘lishsa.

Makkajo‘xori solib pishirilgan tovuq sho‘rva


Taomnomangizni mana bunday mayin konservalangan makkajo‘xori va tuxum solingan tovuq sho‘rva bilan boyitishingizni maslahat beramiz.

Mol go‘shti solib pishirilgan shovul sho‘rva


Shovul solib pishiriladigan sho‘rva o‘zining mayin va nordongina ta’mi bilan ko‘pchilikka yoqadi.

Xamir bo‘lakchalari solib pishirilgan tovuq sho‘rva


Sizlarga mazali va to‘yimli, yumshoqqina xamirlardan solib pishiriladigan tovuq sho‘rva retseptini taqdim etamiz. Aytgancha, bunday xamir bo‘lakchalarini nafaqat tovuq sho‘rva, balki mol go‘shtidan tayyorlangan va sabzavotli sho‘rvalarga ham solish mumkin.

Frikadelkali turkcha sho‘rva


Mana bunday frikadelkali turkcha sho‘rva ham taomnomangizni boyitib, ajoyib tushlik yoki kechki ovqat bo‘lishi mumkin.

Qarsildoq tovuq solingan pishloqli krem-sho‘rva


Bunday taom nafaqat mazali, balki juda to‘yimli hamdir. Shuningdek uning o‘zgacha usulda tortilishi, siz va yaqinlaringizga yoqishi aniq.