Yo‘lovchilarning yuqori talab va istaklaridan kelib chiqqan holda 2021 yilning 24 dekabridan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Dehliga va ortga parvozlarning ikkinchi chastotasini joriy qiladi, deya xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.

Ma’lum qilishicha, Toshkent — Dehli — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftasiga 2 marotaba — seshanba juma kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

  • HY 421 Toshkent — Dehli (Toshkent vaqti bilan): jo‘nab ketish vaqti 02:15, manzilga yetib borish vaqti 05:45;
  • HY 422 Dehli — Toshkent (Dehli vaqti bilan): jo‘nash vaqti 08:15, Toshkentga yetib kelish vaqti 10:45;

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha bir tomonga aviachiptalar narxi 17 dekabr holatiga ko‘ra, 2 mln 282 ming 850 so‘m (bagajsiz) va 2 mln 612 ming 459 so‘m (bagaj bilan), shuningdek, Toshkent — Dehli — Toshkent yo‘nalishida aviachiptalar narxi 3 mln 922 ming 586 so‘m (bagajsiz) va 4 mln 435 ming 311 so‘mni (bagaj bilan birga) tashkil qilgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin 12 dekabrdan Humo Air aviakompaniyasi Farg‘ona — So‘x — Farg‘ona yo‘nalishida muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yishi haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Uzbekistan Airways matbuot xizmati 17 dekabrdan boshlab Samarqand aeroportidan aviaqatnovlar tiklanayotganini ma’lum qilgan edi.