Jahon banki O‘zbekistonga bozor iqtisodiyotiga o‘tishni tezlashtirish maqsadida $400 mln kredit ajratadi

Jahon bank O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‘tishini tezlashtirish maqsadida 400 mln dollar kredit taqdim etadi. Bunda O‘zbekistonga 30 yildan ortiq muddatga past foizli 250 mln dollarlik imtiyozli kredit, shuningdek, qaytarish muddati 12 yildan ortiq bo‘lgan 150 mln dollar miqdoridagi kredit bozor foiz stavkasida taqdim etiladi.

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi boshlig‘i ishdan bo‘shatildi

Toshkent viloyatida ekologiya sohasiga oid masalalarni ko‘rib chiqishda tizimli ravishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun viloyat Ekologiya boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi. Qolaversa, murojaatlarni ko‘rib chiqishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun 14 nafar mas’ulga «xayfsan» berildi.

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 162 mln dollarlik kredit ajratadi

Osiyo taraqqiyot bankining 162 mln dollarlik loyihasi doirasida Buxoro, Miskin, Urganch va Xiva shaharlarini bog‘lovchi 465 kilometrlik temir yo‘l liniyasi elektrlashtiriladi. «Buxoro-Xiva» liniyasining elektrlashtirilishi yillik yo‘lovchi tashish hajmini 2026 yilga kelib uch yarim barobardan ziyodga oshiradi. Loyiha natijasida yillik yuk tashish hajmi 2026 yilda jami 11,8 million tonnaga yetishi kutilmoqda.

Markaziy bank yangi namunadagi 50 ming so‘mlikda xato borligini tan oldi

Markaziy bank 50 ming so‘mlik banknot namunasining old tomonida «Al-Hakim at-Termiziy» maqbarasi tasviri tushirilgani, ammo maqbara nomi «Abu Iso at-Termiziy» deb yozilganligini tan oldi va befarq bo‘lmagan barchaga minnatdorchilik bildirdi. MB ushbu yangi ko‘rinishdagi pullar emissiya qilinmagani, hozirda xatolik bartaraf etilayotganini qo‘shimcha qildi.

OTB pandemiya davrida Korzinka faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun $12 mln kredit ajratdi

Osiyo taraqqiyot banki ilk bor davlat kafolatisiz O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati korxonasi — Korzinka supermarketlar tarmog‘iga 12 mln dollar miqdorida kredit ajratdi.

Shavkat Mirziyoyev va Mun Chje In qo‘shma bayonotni qabul qildi

Seulda Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunida esa Shavkat Mirziyoyev va Mun Chje In strategik sheriklikni chuqurlashtirishga oid qo‘shma bayonotni qabul qildi. Qolaversa, AKT, «aqlli» qishloq xo‘jaligi sohalariga oid memorandumlar, Iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi bilan hamkorlikda tibbiy uskunalar yetkazib berish to‘g‘risida bitim imzolandi.

Yakshanba kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Shanba kuni kunduzgi havo harorati +17 darajagacha pasayadi, yakshanba kuni esa Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massalari kirib kelishi natijasida hududlarda yomg‘ir yog‘adi va havo biroz soviydi.

Xususiy sektorga valyuta ayirboshlash xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berilishi mumkin

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi norasmiy valyuta operatsiyalarining oldini olish uchun xususiy valyuta shoxobchalarining ishlashiga ruxsat berish taklifini ilgari surdi.

AQShda Svetlana Rashidova — Sharof Rashidovning qizi vafot etdi

AQShning Nyu-York shahrida Svetlana Rashidova — Sharof Rashidovning qizi 70 yoshida vafot etdi.

5 yilda 14 mingdan ortiq mansabdor korrupsiyaviy jinoyatni sodir etgan — Ruslanbek Davletov

Poytaxtda o‘tgan konferensiyada adliya vaziri Ruslanbek Davletov so‘nggi 5 yilda 14 mingdan ortiq mansabdor shaxs korrupsiyaviy jinoyatni sodir etganini ma’lum qildi. Shundan eng ko‘pi tuman miqyosidagi amaldorlar hisoblanadi. Vazir shuningdek, bir idorada ham tekshiruvchi, ham tekshiriluvchi bo‘lsa, o‘zaro manfaatlar to‘qnashuvi ortidan qonun buzilishini aytib o‘tdi.

Qibrayda besh kishini o‘ldirgan 24 yoshli qotil bir umrga qamaldi

Iyul oyida Toshkent viloyati Qibray tumanida bir oilaning to‘rt a’zosi (ota, ikki qizi va o‘g‘il) hamda uyda ishlagan quruvchini o‘ldirgan qotilga umrbod qamoq jazosi tayinlandi. U maxsus tartibli koloniyada jazo o‘taydi

«O‘zbekneftgaz» shoxobchalarida «AI-80» benzini 6500 so‘mgacha arzonlashtirildi

Juma kunidan «O‘zbekneftgaz» kompaniyasiga qarashli respublikadagi barcha yoqilg‘i quyish shoxobchalarida «AI-80» markali benzin narxi 6500 so‘mgacha arzonlashtirildi.

Bosh prokuratura 1,89 mlrd so‘mlik jarima Ekoqo‘m hisobiga o‘tkazilmayotganiga izoh berdi

Bosh prokuratura Toshkentda kesib tashlangan daraxtlar uchun to‘langan 1,8 mlrd so‘m miqdoridagi jarima puli Ekologiya qo‘mitasiga o‘tkazib berilmayotgani bo‘yicha izoh berdi. Bunga dastlabki tergov to‘xtatib qo‘yilgani sabab qilib ko‘rsatdi. Ayni damda tergov jarayoni qayta tiklangan.

«Gazeta.uz»da chiqqan maqolalar:

Omikron, inflyatsiya, oziq-ovqat narxlari va Xitoy — Bloomberg 2022 yil iqtisodiy o‘sish uchun eng yirik xatarlarni ma’lum qildi

Bloomberg tahlillariga ko‘ra, 2022 yilda iqtisodiy o‘sish uchun eng yirik xavf-xatarlar — omikron, keskin inflyatsiya, AQSh Federal rezerv banki asosiy stavkalarining o‘sishi, Xitoyning tanazzul yoqasidagi gigant kompaniyasi Evergrande, Tayvan, rivojlanayotgan bozorlar inqirozi, Brexit muzokaralari, yevrozona inqirozi, Yaqin Sharqdagi oziq-ovqat narxlarining ko‘tarilishi bo‘lishi mumkin.