«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda yangi yil dasturxoni uchun salatlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

«Yangi yil gulchambari» salati


Yangi yil dasturxoni uchun o‘ziga xos va qiziqarli salat retseptini taqdim etamiz. Mahsulotlarning kombinatsiyasi sizni quvontiradi, tashqi ko‘rinish esa o‘zgacha bayram muhitini qo‘shadi.

«Shuba ostidagi seld balig‘i» ruleti


Bu sevimli salatni bir xil ko‘rinishda tayyorlash joningizga tekkan bo‘lsa, unda bizning ruletsimon shaklimizda tayyorlab, yaqinlaringizni hayron qoldiring.

«Bayram torti»


Bunday salatni aylana shaklda tayyorlasangiz, undagi barcha qavatlar ko‘rinib, yanada ishtahaliroq chiqadi.

Steyk bilan tayyorlangan iliq salat


Steyk bilan tayyorlangan bunday iliq salatni asosiy taom sifatida ham bemalol iste’mol qilish mumkin. Har xil masalliqlardan foydalanilgani va ajoyib ko‘rinishi bilan bu salat hech kimni befarq qoldirmaydi.

Salatlardan qilingan assorti


Aynan hozir ko‘pchilik Yangi yil dasturxoniga nimalar tayyorlasam ekan deb, o‘ylab yuribdi. Mana bunday g‘oya esa sizlarga manzur keladi degan umiddamiz.

«Sezar» salati


«Sezar» salati butun dunyo bo‘yicha mashhur salatlardan biri bo‘lib, bugun ana shu salat retseptini taqdim etamiz. Buning uchun esa bizlar hamma yerdan xarid qilish mumkin bo‘lgan mahsulotlardan foydalandik.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15