Juma kuni respublika bo‘yicha +7…+12 daraja iliq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar berdi O‘zgidromet matbuot xizmati.

Ertaga, 18 dekabr kuni respublika hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat shimoliy hududlarga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massalari kirib keladi. Buning hisobiga faqat kechki soatlarda Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida biroz yomg‘ir yog‘ishi kuzatiladi.

Havo harorati kechasi −2…+3 darajani tashkil etadi, kunduzi +14…+17 daraja iliqgacha ko‘tariladi.

Yakshanba kuni ko‘pchilik viloyatlarda yomg‘ir yog‘ishi kuzatiladi. Tog‘larda yog‘ingarchilik, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Mamlakatning shimolida biroz yomg‘ir yog‘ib, ertalab to‘xtaydi. Harorat kechasi 0…+5 daraja iliq atrofida bo‘ladi, kunduzi +8…+13 daraja iliqqacha pasayadi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi kutilmoqda.