19 dekabr kuni soat 14:20 da Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidagi «Navro‘z» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi «Lazzat» oshxonasida portlash sodir bo‘ldi, deb xabar berdi O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, ovqatxonada ikkita propan to‘ldirilgan ballon bo‘lgan. Portlash 40 kvadrat metr maydondagi ship va uskunalarning yonishiga olib kelgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlangan 10 kishi kasalxonaga yotqizilgan.

Favqulodda hodisa joyiga birinchi yong‘in-qutqaruv guruhi soat 14:23 da yetib kelgan, yong‘in soat 14:29 da o‘rab olingan va 14:54 da o‘chirilgan. Keyinroq o‘t o‘chiruvchilarning ikkinchi guruhi ham yetib kelgan.

Voqea yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.