14 dekabr kuni Toshkent viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida sudlanuvchi Sh. I. (1997 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan) ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha yopiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar qildi.

Ushbu jinoyat ishi Toshkent viloyat sudi raisi o‘rinbosari, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi U. Rasulberdiyev raisligida ko‘rib chiqildi.

E’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra Sh. I. Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 1-qismi, 97-moddasi 2-qismi «a», «v», «g», «j», «r» bandlari, 119-moddasi 2-qismi «g» bandi, 130-moddasi 2-qismi «a» bandi, 140-moddasi 2-qismi va 219-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.

I. Sh. ga Jinoyat kodeksining 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) 4-qismi tartibida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, 29 iyulga o‘tar kechasi besh kishi- bir oilaning to‘rt a’zosi (ota, ikki qizi va o‘g‘il) hamda uyda ishlagan quruvchi shafqatsiz ravishda o‘ldirilgan edi.