dayjest

2024-yilgi davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi

“O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi va uni tasdiqlash to‘g‘risidagi prezident farmoni loyihalari jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi. Loyihalar 9-fevralga qadar jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan o‘tkaziladi.


dayjest

O‘zbekistonda sement zavodlari qurilishiga moratoriy e’lon qilinadi — ekologiya vaziri

O‘zbekistonda sement zavodlari qurilishiga taqiq qo‘yilishi rejalashtirilmoqda, dedi ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov. Unga ko‘ra, qurilgan 47 ta zavoddan 23 tasi faoliyatini to‘xtatgan. O‘rganishlarga ko‘ra, 25 ta sement ishlab chiqaruvchi korxonaning 90 foizi ekologik talablarni buzayotgani ma’lum bo‘lgan.


dayjest

“O‘zbekistonning boshqa bir havosi yo‘q” — ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov bilan suhbat

Ekologiya vazirligi Toshkentda havo sifatini yaxshilash uchun qilinishi lozim bo‘lgan shoshilinch choralarni e’lon qilgandi. Vazirlik rahbari Aziz Abduhakimov “Gazeta.uz"ga bergan intervyusida havo ifloslanishining sabablari, Ai-80 benzinini cheklash va qurilishlarni taqiqlash kabi takliflar mazmunini tushuntirdi.


dayjest

Fevralda qanday ob-havo bo‘lishi kutilmoqda?

O‘zbekistonda kelayotgan fevral oyi odatdagidan iliqroq, biroq oy boshi nisbatan sovuq bo‘ladi. Ikkinchi besh kunlikda harorat kechasi 0…+5, kunduzi +8…+13 daraja, keyinchalik oy oxirigacha kechasi −12…+7, kunduzi 0…+18 daraja atrofida bo‘ladi. Yog‘ingarchilik me’yordan kam bo‘lishi kutilmoqda.


dayjest

“Shuncha xodim bor, lekin qani natija?” Prezident Achilbay Ramatov kompleksini tanqid qildi

Bosh vazir o‘rinbosari Achilbay Ramatov kompleksiga 3 ta vazirlik va idora, 3 ta inspeksiya, 5 ta korxona, 11 rahbar, 41 o‘rinbosar, 12 ming boshqaruv xodimi va 224 nafar hokim o‘rinbosari kiradi. “Odamlarimiz eng ko‘p norozi bo‘lgan soha Ramatovning kompleksi”, — dedi prezident.


dayjest

O‘zbekistonda 1-martdan aholini havo ifloslanganda xabardor qilish boshlanishi mumkin

O‘zbekistonda 1-martdan chang bo‘roni va havo ifloslangan vaqtda aholini profilaktik choralar to‘g‘risida doimiy xabardor qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda. Shuningdek, qurilish maydonlarida chang va qumning havoga ko‘tarilishini bartaraf etish bo‘yicha majburiy talablar joriy etilishi mumkin.


dayjest

O‘zbekiston Xitoydan tez yordam uchun 150 mln dollarga elektromobil sotib oladi

SSV Xitoyning Henan Costar Group kompaniyasi bilan tez tibbiy yordam elektromobillari xarid qilish va ularni modifikatsiyalash zavodini qurish bo‘yicha 150 mln dollarlik shartnoma imzoladi. China CAMC Engineering poliklinikalar qurishi mumkin, Snibe Diagnostic esa diagnostika uskunalari bilan ta’minlaydi.


dayjest

O‘zbekistonda rahbarlar jamoat transportidan foydalanib, aholiga namuna ko‘rsatishga yana undalmoqda

2024-yilgi davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, Toshkent shahrida oyning bir ish kuni “Avtomobilsiz kun” bo‘lishi, bunda rahbarlar jamoat transportida yurish orqali namuna ko‘rsatishi belgilandi. 2020-yilda ham rahbarlarga haftada kamida bir marta avtomobillardan foydalanmasdan ishga kelib-ketish tavsiya etilgan.


dayjest

Surxondaryo viloyati IIBga yangi rahbar tayinlandi

Polkovnik Timur Ismailov Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Boshqarmaning avvalgi boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismailov esa Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangandi.


dayjest

O‘zbekistonda 2024-yilda 450 ming dona yengil avtomobil ishlab chiqarish maqsad qilinmoqda

O‘zbekistondagi mahalliy avtomobilsozlik korxonalari tomonidan 2024-yilda 450 ming dona yengil avtomobillar ishlab chiqarishga erishish va ADM Jizzakh korxonasi negizida Koreyaning KIA brendi ostida avtomobillarni to‘liq siklda ishlab chiqarish maqsad qilinmoqda. Bu 2024-yilga oid davlat dasturiga kiritilgan.


dayjest

Antikorrupsiya agentligiga 2023-yilda eng ko‘p ta’lim sohasi bo‘yicha murojaat kelib tushgan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga 2023-yilda eng ko‘p ta’lim sohasi xodimlarining xatti-harakatlari va sohadagi qonun buzilishi holatlari bo‘yicha murojaat kelib tushgan. Shuningdek, sud qarorlaridan norozilik va tender savdolaridagi buzilishi holatlari bo‘yicha ham ko‘p shikoyatlar bildirilgan.


dayjest

Ona tili va adabiyot hamda tarix fanlaridan milliy sertifikatga ega pedagoglarga 50 foiz ustama to‘lanishi mumkin

O‘zbekistonda 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab ona tili va adabiyot hamda tarix fanlaridan milliy sertifikatga ega pedagoglarga 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishi rejalashtirilmoqda.


dayjest

“Tashabbusli budjet"da bajarilgan loyihalarni mahalla raisi va tashabbuskorlar tekshirib oladi — reja

2024-yilgi davlat dasturi loyihasida “Tashabbusli budjet” doirasidagi loyihalarni mahalla raisi va tashabbuskorlar roziligi bilan foydalanishga topshirish belgilanmoqda. Shuningdek, 1-martdan “Bir fuqaro — bir ovoz” tizimi joriy etilishi mumkin.


dayjest

Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi

1−5-fevral kunlari Toshkent viloyatining qator tumanlari va Namanganning bir tumanida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi. Avvalroq O‘zgidromet fevralning boshi nisbatan sovuq bo‘lishi haqida xabar bergandi.


dayjest

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 2023-yilda 11 foizni tashkil etdi

O‘zbekistonda 2023-yilda kambag‘allik darajasi 3,1 foizga qisqarib, 11 foizni tashkil etdi. Kambag‘allikning pasayishi barcha viloyatlarda qayd etilgani ma’lum qilindi.


dayjest

Toshkent chetidan metro bekatlarigacha ekspress avtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda

Toshkent chetidagi hududlarni metro bekatlari bilan bog‘laydigan to‘rtta ekspress avtobus yo‘nalishi joriy etiladi. Piyoda va avtobuslar ustuvorligini ta’minlash maqsadida 8 ta transport yo‘lagi rekonstruksiya qilinadi. Bu haqda prezidentning 2024-yilgi Davlat dasturi to‘g‘risidagi qarori loyihasida aytilgan.


dayjest

O‘zbekistonda ko‘krak bezi saratoni onkologiyaning eng xavfli turlaridan biri hisoblanadi. U bilan qanday kurashish mumkin?

Ko‘krak bezi saratoni O‘zbekistonda saraton kasalliklari orasida o‘lim ko‘rsatkichlari bo‘yicha yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi, biroq uni erta bosqichlarida davolash mumkin. Diagnostika uchun mammograflar, malakali radiolog va rentgen-laborantlar kerak. Kasallik haqida batafsil — “Gazeta.uz” materialida.