Toshkent shahridagi 7 ta Hotdogger nomli ko‘chma savdo shoxobchasi elektr tarmoqlariga noqonuniy ulangani aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, “L.S.G.” MCHJ mas’ul shaxslari va boshqalar poytaxtning Mirobod, Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor, Yakkasaroy va Yashnobod tumanlarida 7 ta shoxobchani umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida ulagan. Oqiibatda jami 1,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.