31-yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev ayrim hujjatlarga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha farmonga imzo chekdi. Hujjat bilan 1-fevraldan boshlab ayrim nafaqa miqdorlari oshirildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Miqdori 621 ming so‘m etib belgilangan nafaqalar:

  • zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa fuqarolarga nafaqa;
  • ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda;
  • o‘zgalar parvarishiga muhtoj, nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan qonuniy vakilga nafaqa;
  • boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa (keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun — 212 000 so‘m);
  • boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori.

Mazkur summa avvalroq 608 ming so‘m edi. Miqdorlar rasmiy eng kam iste’mol xarajatlaridan kelib chiqib belgilangan.