6-fevral kuni Buxoro viloyati Shofirkon tumanida joylashgan kafeda Taftish.uz internet nashri muxbiriga pichoq bilan jarohat yetkazgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura.

Ma’lum bo‘lishicha, jurnalist O‘.T. va tanishi A.A. o‘rtasida nizo sababli kelishmovchilik yuzaga kelgan. A.A. oshxona pichog‘i bilan O‘.T.ning qorin qismiga bir marotaba urib, jarohat yetkazgan.

Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan A.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bosh prokuratura matbuot kotibi Xayot Shamsutdinovning yozishicha, 7-fevral kuni muxbirning hayotiga suiqasd qilgan shaxsga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Hozirda jabrlanuvchi O‘.T. shifoxonada davolanmoqda. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.