Jamiyat

Nest One quruvchilari oylik kechikkani sababli chorrahani to‘sib qo‘ydi
17 may 2022, 16:18

Nest One quruvchilari oylik kechikkani sababli chorrahani to‘sib qo‘ydi

Ijtimoiy tarmoqlarda Nest One binosining o‘nlab quruvchilari yo‘lni to‘sib qo‘ygani haqida xabarlar tarqaldi. Murad Buildings kompaniyasi «Gazeta.uz» ga namoyishlarga maoshdagi kechikishlar sabab bo‘lganini tasdiqladi. Kompaniya rahbari Murod Nazarov esa ayni vaqtda «hammayoq tinchligi, ishchilar o‘z o‘rnida ishlayotganini va bunga binoning oxirgi qavatida osh tayyorlagani» sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Poytaxt IIBB tekshiruv o‘tkazmoqda.

Poytaxtda 4 oy ichida 7777 ta jinoyat fosh etildi
17 may 2022, 13:54

Poytaxtda 4 oy ichida 7777 ta jinoyat fosh etildi

Toshkent shahrida yil boshidan beri 7777 ta jinoyat fosh etilib, 537 nafar qidiruvdagi shaxs ushlandi. Poytaxt IIBB ma’lumotiga ko‘ra, 2435 ta jinoyat ichki ishlar xodimlari tashabbusi bilan aniqlangan, shundan 769 tasi narkotik moddalar savdosi bilan bog‘liq. Buning natijasida 217,3 kg giyohvandlik va 24,3 kg psixotrop vositalar aylanmasining oldi olingan.

O‘zbekistonning 9 viloyatida sel kelish xavfi e’lon qilindi
17 may 2022, 12:54

O‘zbekistonning 9 viloyatida sel kelish xavfi e’lon qilindi

O‘zgidromet 18−23 may kunlari kutilayotgan kuchli yog‘ingarchiliklar tufayli O‘zbekistonning 9 viloyatida sel kelish xavfi mavjudligi haqida ogohlantirdi. Aholi va haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishlari so‘ralmoqda.

58 yoshli erkak sirpanib, metro poyezdi ostiga tushib ketdi
17 may 2022, 12:33

58 yoshli erkak sirpanib, metro poyezdi ostiga tushib ketdi

Toshkent metrosida eshiklari yopilayotgan vagon tomon yugurib ketayotgan fuqaro sirpanib, poyezd tagiga tushib ketdi. Unga metropoliten xodimlari va yo‘lovchilar darhol yordam berishdi, u jarohat olmadi.

Ekspertlar Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalarining tadbiq etilishini baholaydi
17 may 2022, 12:27

Ekspertlar Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalarining tadbiq etilishini baholaydi

Xalqaro ekspertlar O‘zbekistonda Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalarining ijrosi yuzasidan tashqi baholashni boshladi. Baholash natijalariga asoslangan tavsiyalar mamlakatning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligi bo‘yicha yangi yondashuvlarni ishlab chiqishga yordam beradi.

Orol fojiasi Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishini 2 barobarga tezlashtirdi — O‘zgidromet
17 may 2022, 12:14

Orol fojiasi Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishini 2 barobarga tezlashtirdi — O‘zgidromet

O‘zgidromet rahbari Sherzod Xabibullayev Orol dengizi falokati natijasida Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi dunyo ko‘rsatkichlaridan 2 barobar jadalroq kechayotganini ta’kidladi. Bu muzliklar erishi, chang bo‘ronlari davriyligi va ularning ortib borishi, yerlarning degradatsiyaga uchrashi, suv resurslarining taqchilligi kabi salbiy ko‘rinishlarda namoyon bo‘lmoqda.

O‘zbekistonda Qrim-Kongo isitmasidan tuzalganlarning qon plazmasi banki yaratiladi
17 may 2022, 11:13

O‘zbekistonda Qrim-Kongo isitmasidan tuzalganlarning qon plazmasi banki yaratiladi

Prezident qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonning 7 ta hududida Qrim-Kongo gemorragik isitmasi bilan kasallanib tuzalganlarning qon plazmasi banki tashkil etiladi. Qrim-Kongo gemorragik isitmasi — transmissiv va gemokontakt orqali yuquvchi o‘ta xavfli kasallik hisoblanadi.

Har yili 1 mln fuqaro gepatit B va C turlariga skriningdan o‘tkaziladi
17 may 2022, 10:55

Har yili 1 mln fuqaro gepatit B va C turlariga skriningdan o‘tkaziladi

Prezident qarori bilan har yili 1 mln nafargacha fuqaro virusli gepatit B va C turlariga skrining tekshiruvlaridan o‘tkaziladi. Shuningdek, gepatit C bilan kasallangan 10,5 ming nafar bemor davolanadi. Qolaversa, nodavlat tibbiyot tashkilotlariga qon bilan ishlaydigan xodimlarini gepatit B infeksiyasiga qarshi emlash majburiy etib belgilanmoqda.

«Mehribonlik» uylari tarbiyalanuvchilari mini-futbol bo‘yicha xalqaro turnirda g‘olib bo‘ldi
17 may 2022, 09:54

«Mehribonlik» uylari tarbiyalanuvchilari mini-futbol bo‘yicha xalqaro turnirda g‘olib bo‘ldi

Toshkent va Chirchiq shaharlaridagi «Mehribonlik» uylari tarbiyalanuvchilaridan iborat terma jamoa Sankt-Peterburg shahrida bolalar uylari jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan mini-futbol bo‘yicha XVII xalqaro turnirda birinchi o‘rinni egalladi.

16 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
16 may 2022, 22:00

16 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritishni taklif qilgan partiyalar, dinni terrorizm va ekstremizm bilan bog‘lash xatoligini aytgan Sodiq Safoyev, O‘zbekistonga uchib o‘tishi mumkin bo‘lgan chigirtkalar, Surxondaryoda kaltaklangan o‘quvchi ortidan 5 kishining ishdan ketgani, yangi yil kuni «o‘t o‘chirgich»ni portlatganlarga o‘qilgan sud hukmi, Surxondaryo hokimiga o‘rinbosar bo‘lgan DXX xodimi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning 16 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Monopol korxonalarning 3,6 mlrd so‘mdan ko‘proq asossiz daromadi iste’molchilarga qaytarildi
16 may 2022, 18:19

Monopol korxonalarning 3,6 mlrd so‘mdan ko‘proq asossiz daromadi iste’molchilarga qaytarildi

Antimonopoliya qo‘mitasi 3 oy ichida 10 ta holatda insofsiz raqobatga yo‘l qo‘yilganini aniqladi, qolaversa, til biriktirish va kartel kelishuvlar bo‘yicha jami 4 ta holat o‘rganib chiqildi. Natijada monopol korxonalar tartibga solinadigan narxlarni noto‘g‘ri qo‘llashi ortidan olgan 3,6 mlrd so‘mdan ortiq asossiz daromadi iste’molchilarga qaytarildi. Davlat xaridlari doirasida esa 985 ta raqobatga zid holat aniqlandi.

Murotjon Azimov deputat bo‘ldi
16 may 2022, 18:09

Murotjon Azimov deputat bo‘ldi

Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov xalq deputatlari viloyat Kengashiga deputat etib saylandi.

«Terrorizm va ekstremizmni din bilan bog‘lash zinhor mumkin emas» — Sodiq Safoyev
16 may 2022, 18:01

«Terrorizm va ekstremizmni din bilan bog‘lash zinhor mumkin emas» — Sodiq Safoyev

Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev terrorizm va ekstremizmni din bilan bog‘lash zinhor mumkin emasligini ta’kidladi. «O‘rnashib qolgan stereotiplar va yanglish fikrlarga qarshi kurashish — umumiy vazifamizdir», — dedi u. Senatorning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro terrorizmning tubida irratsional, oldingi davrlardan meros qolgan dunyoqarash yotibdi, ularga qarshi kurash esa ma’naviyat, talim va muloqot evaziga olib borilishi lozim.

Fuqaro va bank xodimi 1 mlrd so‘m kredit mablag‘ini talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda
16 may 2022, 17:29

Fuqaro va bank xodimi 1 mlrd so‘m kredit mablag‘ini talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda

Qibray tumanida fuqaro «Mikrokreditbank» Toshkent viloyati filiali kredit bo‘limi boshlig‘i bilan 1 mlrd so‘m kredit mablag‘ini talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda. Shuningdek, Surxondaryoning Uzun va Denov tumanlarida ham fuqarolar imtiyozli kredit mablag‘larini talon-taroj qilgani atilmoqda.

Foto: Farg‘onadagi «Yangi O‘zbekiston» massivi qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
16 may 2022, 17:06

Foto: Farg‘onadagi «Yangi O‘zbekiston» massivi qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

Shavkat Mirziyoyev Farg‘onaga safari chog‘ida «Yangi O‘zbekiston» massivi qurilishini borib ko‘rdi. Bu yerda qariyb 300 ta ko‘p qavatli (7 dan 25 qavatgacha) uylar, hiyobon va ko‘l, maktab va bolalar bog‘chalari, sanoat zonasi va boshqa obyektlar qurilishi rejalashtirilgan. Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Davronjon Odilov massivni qurilayotganlari orasida «eng yashil va ekologik massiv» deb atadi. Kommunikatsiya esa maxsus tunneldan o‘tkaziladi.

Surxondaryoda o‘quvchining kaltaklanishi ortidan maktabning 4 xodimi va direktori ishdan bo‘shatildi
16 may 2022, 15:47

Surxondaryoda o‘quvchining kaltaklanishi ortidan maktabning 4 xodimi va direktori ishdan bo‘shatildi

Surxondaryodagi 4-maktabda o‘quvchi kaltaklanishi 27 aprel kuni sodir bo‘lgani va buning ortidan maktab direktorining ikki o‘rinbosari, sinf rahbari va ingliz tili fani o‘qituvchisi ishdan bo‘shatilgani ma’lum qilindi. Ijtimoiy tarmoqlarda video tarqalgach, maktab direktori ham lavozimidan ozod qilindi. Bandixon tuman IIB kaltak yegan o‘quvchi va uning ayrim sinfdoshlari bezoriligi yuzasidan ham surishtiruv o‘tkazmoqda.

Yangi yil kuni «o‘t o‘chirgich»ni portlatgan shaxslarga nisbatan sud hukmi o‘qildi
16 may 2022, 15:18

Yangi yil kuni «o‘t o‘chirgich»ni portlatgan shaxslarga nisbatan sud hukmi o‘qildi

1 yanvar kuni tongda poytaxtdagi «Samarqand darvoza» majmuasi yaqinida «o‘t o‘chirgich» moslamasini portlatgan 8 nafar shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Ayblanuvchilarning eng kattasi 25 yosh, eng kichigi esa — 19 yoshda. Jabrlanuvchi fuqaro voqea oqibatida oyog‘idagi bir barmog‘idan ayrilganini aytdi. Sudlanuvchilardan biri esa «o‘t o‘chirgich»ni qanday yasagani haqida so‘zlab berdi.

Farg‘onada pul evaziga AQSh yoki Janubiy Koreyaga ishga yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
16 may 2022, 14:51

Farg‘onada pul evaziga AQSh yoki Janubiy Koreyaga ishga yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Marg‘ilonda fuqaroni uch yil davomida aldab, AQSh yoki Janubiy Koreyaga ishga jo‘natishiga ishontirib, 12 700 dollar mablag‘ini qo‘lga kiritgan shaxs ushlandi. U 500 dollarni qaytarib, o‘z aybiga iqror bo‘lgani aytilmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zLiDeP va «Milliy tiklanish» Konstitutsiyani isloh qilishni boshlash taklifini bildirdi
16 may 2022, 12:11

O‘zLiDeP va «Milliy tiklanish» Konstitutsiyani isloh qilishni boshlash taklifini bildirdi

O‘zLiDeP va «Milliy tiklanish» fraksiyasi a’zolari Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish jarayonini boshlash taklifi bilan chiqishdi. Partiya deputatlari islohotlardan kelib chiqib, Konstitutsiyani bugungi real voqelikka moslashtirish zarur deb hisoblaydi. Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaga 10 dan ortiq holat bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritishni taklif qilgandi.

Hafta iliq bo‘ladi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi
16 may 2022, 12:00

Hafta iliq bo‘ladi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi

16−17 may kunlari O‘zbekistonda quruq ob-havo saqlanib turadi. Harorat +30 darajagacha isiydi. 18−19 may kunlari Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysida qisqa muddatli yomg‘irlar bo‘lishi kutilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting