18−23 may kunlari O‘zbekistonning 9 ta hududida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin, deb ogohlantirmoqda O‘zgidromet.

Qayd etilishicha, shu kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq paytida shamol 15−20 m/s gacha kuchayadi. Ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan kuchli jala yomg‘irlar yog‘ishi kutilmoqda, do‘l yog‘ishi mumkin.

Sel kelish xavfi yuqori bo‘lgan hududlar:

  • Qashqadaryo viloyati: Yakkabog, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzar, Koson tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqorg‘on, Muzrobot tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Poyariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
  • Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Pskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori-Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqurg‘on tumanlarida;
  • Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalalquduk, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marxamat tumanlarida va Xonobod shahrida.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

O‘zgidromet tog‘ oldi va tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘ramoqda.