Hafta o‘rtasida respublikaning ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Bugun, 16 may kuni respublika bo‘yicha havo kam bulutli va quruq bo‘ladi. Kunduz kuni havo +27…+30 daraja atrofida bo‘ladi. Bu may oyi o‘rtalari uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlarga teng.

17 may kuni respublika hududining katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat shimoliy hududlarga nam bulutli massivlar kirib kelishi kutilmoqda, ularning o‘tishida Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, deyiladi xabarda.

18 mayda nam havo massasining sharqqa qarab harakatlanishni boshlaydi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunduz kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi va momaqaldiroq bo‘ladi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

19 may — payshanba kuni faqat Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi saqlanib turadi, qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 20 mayda respublika bo‘yicha quruq va iliq bo‘ladi.

Ushbu haftada havo harorati +25…+30 daraja atrofida, ba’zi joylarda +32 darajagacha bo‘ladi.

18−19 may kunlari tog‘larda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Ush haftaning qolgan kunlarida faqat ayrim tog‘li hududlarda mahalliy xususiyatga ega bo‘lgan yomg‘irlar kuzatilishi mumkin.